Call-markaz
Ishonch telefoni
Yurtimizda har yili avgust oyining ikkinchi yakshanbasi O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni sifatida nishonlanadi. Yirik sanoat korxonasi bo‘lgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibida ham ushbu soha vakillari mehnat qilishadi.
2022 yil 11 avgust kuni “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisi A.Xursanov “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yilligiga munosib tayyorgarlik ko‘rish va bayram tadbirlarini Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyruqqa imzo chekdi.
Ulkan pechlar, maydalash, yanchish uskunalari, gigant avtoulovlar... Ishlab chiqarishning rudadan tortib tayyor mahsulotgacha bo‘lgan jarayonlarida o‘ta ahamiyatli bo‘lgan uskuna va ulovlarning mustahkamligi, har bir bosqichning kamchiliklarsiz amalga oshirilishida elektrogazpayvandlovchilar muhim o‘ringa ega.
“Olmaliq KMK” AJ rahbariyati tomonidan ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini oshirish, texnik va texnologik jihozlarni qayta jihozlash va modernizatsiya qilish, yangi ishlab chiqarish obyektlarini qurish bilan birga raqamlashtirish darajasini oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Sut-tovar fermasi qoramollari uchun qish mavsumiga zaxira ozuqasini g‘amlash maqsadida ayni kunlarda dalalarda yig‘im jarayonlari olib borilmoqda.
Joriy yilning 18 avgust kuni Texnologik transport boshqarmasida “Eng yaxshi BelAZ haydovchisi” kasb mahorati ko‘rik tanlovi tashkil etildi.
Yosh iqtisodchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, kasbga bo‘lgan qiziqishini va uning nufuzini yanada oshirish, shaxsiy intilishini qo‘llab-quvvatlash, intelektual rivojlanishi rag‘batlantirish hamda kombinat kadrlar zahirasi uchun yetuk va istiqbolli mutaxassislarni saralab olish maqsadida kombinat tarkibiy bo‘linmalari yoshlari o‘rtasida “Eng yaxshi yosh iqtisodchi-2022” kasb-mahorat tanlovi o‘tkazildi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida joriy etilayotgan raqamlashtirish bois yuqori samaradorlikka erishilmoqda. So‘zlarimiz isbotini Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi Axborot texnologiyalari xizmati Axborot tizimlarini ishlab chiqish bo‘limi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan o‘lchov vositalarini ta'mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish uchun elektron arizalarni qabul qilish axborot tizimi misolida ham ko‘rishimiz mumkin.
Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 22 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligida “Tog‘-kon va metallurgiya tarmog‘idagi innovasiyalar” haftaligi o‘z ishini boshladi.
Ilm-fanning ishlab chiqarishga integratsiyasi yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa, innovatsion ishlanmalarning sanoatga tatbiq etilishi yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida samarali izlanishlar olib borilmoqda.