Call-markaz
Ishonch telefoni
Hozirgi kunga kelib yiliga 4,7 million tonna ruda va toshqol xom ashyosini qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan "Olmaliq KMK" AJ 2-Mis boyitish fabrikasidagi ish manzarasi mana shunday namoyon bo‘ladi.
Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va tatbiq etish texnologik markazi “Olmaliq KMK” AJda innovatsion salohiyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan qulay shart-sharoitlarni yaratishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish, ilmiy-innovatsion faoliyatni rivojlantirish va uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiruvchi muhim bo‘g‘inga aylanib bormoqda.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida boshqaruv va texnologik ishlab chiqarish jarayonlariga raqamlashtirishning keng joriy etilishi natijasida ishchi-xodimlarga qator qulayliklar yaratilmoqda.
Joriy yilning 27-oktabr kuni OKMK Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi yoshlar ittifoqi va Kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan hamkorlikda Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi tarkibiy bo‘linmalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar bilan 34-MTTda "Ota-onaga izzat va hurmat, oilaga sadoqat va g‘amxo‘rlik inson ma'naviyatining yuksak ifodasi" mavzusida Ramazoni sharif jom’e masjidi imom hatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi Iroda Nazirqulova bilan davra suhbati o‘tkazildi.
Bugun “Metallurg” MSda “Avtomobil transporti xodimlari kuni” munosabati bilan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining avtomobil transport sohasi vakillari bayram tadbiri tashkil etildi.
OKMK rahbariyati tomonidan har doim ishchi-xodimlar manfaatiga e'tibor qaratilib, ularga munosib shart-sharoitlar yaratib kelinmoqda.
"Keksalari e'zozlangan yurtning kelajagi albatta porloq bo‘ladi", deyishadi. Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi tasarrufidagi 21-MTTda "Uch avlod vakillarining uchrashuvi" madaniy-ma'rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi mutaxassislari, bo‘lim va sex boshliqlari ishtirokida korupsiyaga qarshi kurash, kiberxavfsizlik - huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Ayni davrga kelib respublikamizda ishlayotgan konchilik korxonalari - Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli Muruntau, Qorakutan, Zarmitan, Marjonbuloq va “Olmaliq KMK” AJga tasarufidagi Angren kon boshqarmasining Ko‘chbuloq, Qizil-olma, Samg‘uron, Qalmoqqir, Xondiza, Kovuldi va boshqa konlari mamlakatimiz iqtisodiyotining asosini tashkil etadi.
Joriy yilning 28-oktabr kuni 2-Mis boyitish fabrikasia “Favqulodda vaziyat yuz berganda fuqaro muhofazasi xizmatlari va tuzilmalarini safarbar etish va o‘zaro harakatlanishlar tartiblari” mavzusida maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.