Call-markaz
Ishonch telefoni
Sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va “Sanoat uchburchagi” dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bugungi kunda nafaqat O‘zbekiston, balki dunyodagi eng yirik va istiqbolli sanoat korxonalaridan biri sifatida jahonning yetakchi kompaniyalari va investorlari e’tiborini tortmoqda. Ayniqsa, so‘nggi yillarda dunyodagi ko‘plab davlatlarning kompaniyalari OKMK bilan hamkorlik aloqalarni o‘rnatishga katta qiziqish bildirishayapti.
2026-yil boshiga kelib mis nafaqat sanoat metali, balki davlatlarning iqtisodiy qudratini belgilovchi strategik resurs maqomini to‘laqonli egalladi. Joriy yil yanvar oyi holatiga ko‘ra, London metall birjasida (LME) mis narxi bir tonna uchun 12 500-13 000 dollar atrofida belgilanmoqda. Bu o‘tgan yillarga nisbatan mis narxi 40%ga o‘sganini ko‘rsatmoqda.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan 2025-yilning 12 oyi davomida bajarilgan eksport ko‘rsatkichlari.
Kecha “Metallurg” madaniyat saroyida Toshkent viloyati hokimligi, Olmaliq shahar hokimligi hamda “Olmaliq KMK” AJ hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34-yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari doirasida ko‘plab sohalarda samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy islohotlarga befarq bo‘lmaslik, faol fuqarolik pozitsiyasini egallash - bugunning talabi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati faoliyatida ekologik xavfsizlikni ta’minlash va atrof-muhitni muhofaza qilish ustuvor vazifalardan biri bo‘lib kelmoqda. Bugungi kunda kombinatda nafaqat ishlab chiqarish hajmini ikki baravarga oshirish, balki texnologik jarayonni to‘xtatmagan holda sohani to‘liq modernizatsiya qilish orqali tabiatga salbiy ta’sirni minimallashtirish ustida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu boradagi islohotlarning yorqin namunasini Rux zavodi misolida ko‘rish mumkin.
Ma’lumki mamlakatimizda 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralgacha aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi. Bu orqali davlat iqtisodiy siyosatini to‘g‘ri rejalashtirish uchun asosiy ma’lumot manbai shakllantiriladi.
O‘tgan 2025-yilda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan mahsulotlar eksporti borasida ham barcha ko‘zlangan natijalarga erishildi. Xususan, 2025-yilda 510,4 mln dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilib, prognoz 104,2%ga bajarilishi ta’minlandi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibiy bo‘linmalarida Prezidentimizning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi keng muhokama etilmoqda. Murojaatnomaning mazmun-mohiyatini ishchi-xodimlarga yetkazish maqsadida targ‘ibot tadbirlari tashkil etilayapti.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida atrof-muhitni muhofaza qilish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish strategiyasi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Xususan, kombinat texnologik zanjirining yakuniy bo‘g‘ini bo‘lgan Mis eritish zavodida amalga oshirilayotgan texnologik modernizatsiya ishlari nafaqat iqtisodiy samara keltirmoqda, balki ekologik barqarorlikni ta’minlashda ham muhim rol o‘ynamoqda.
O‘tgan 2025-yilda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan barcha ishlab chiqarish prognozlari bajarilishi barobarida Mahalliylashtirish dasturining ijrosi ham ta’minlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami arafasida OKMK tomonidan Mis kompleksini qo‘riqlab kelayotgan harbiy xizmatchilarga munosib sovg‘a hozirlandi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi tomonidan 2025-yil uchun belgilangan barcha ishlab chiqarish prognozlarining bajarilishi ta’minlandi.