Call-markaz
Ishonch telefoni
...Uzun konveyrlar, o‘tkir tishli maydalagichlar, mudom aylanib turadigan tegirmonlar bu yerdagi ish jabhasining uzluksiz davom etishidan darak berib turibdi
Inson sog‘-salomat bo‘lsa xotirjam fikr yuritib, zimmasidagi vazifani sidqidildan bajaradi. Belgilagan rejalarini to‘liq amalga oshiradi. Ulkan marralar va muvaffaqiyatlarga erishadi.
Sanoat temir yo‘l transporti boshqarmasi majlislar zalida korxona tarkibiy bo‘linmalarida tovar-moddiy boyliklarining butligi saqlanishi, harakati va tashmachiliklarni oldini olish bo‘yicha tovar-moddiy boyliklarga mas'ul shaxslar hamda muhandis texnik xodimlar uchun navbatdagi profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.
2022-yilning 19-aprel kuni MTTU MISiS Olmaliq filialida OKMK rahbariyati hamda “Datamine International Limited” xalqaro kompaniyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha bosh direktori A. Ko‘kenov, kompaniya konsultanti, kon muhandisi Ye. Azimbayev, konsultant, geolog D. Jabayev va filial rahbariyati ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Prezident tomonidan 29 mart kuni “Korporativ boshqaruv tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-760-son Qonun imzolandi.
19-20 aprel kunlari Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga taniqli olim, konchi, Germaniyaning Frayberg Texnika universitetining Konchilik ishi va shaxta qurilishi instituti direktori, Saksoniya fanlari akademiyasi va boshqa xalqaro ilmiy akademiyalar professori Karsten Drebenshtedt tashrif buyurdi.
28 aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan Markaziy ta'mirlash mexanika zavodida “Avariyalar va noxush hodisalarning oldini olish - xavfli ishlab chiqarish ob'ektlarining barqaror ishlash kafolatidir"shiori ostidagi tanlovga 1 aprel kuni start berildi. Tanlov 22 aprelga qadar davom etadi.
Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati sohasida pensionerlar va faxriylarga qulay shart-sharoitlar yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashi tashkil etilgan edi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida amalga oshirilayotgan “Yoshlik I konini o‘zlashtirish” investitsiya loyihasi natijasida ishlab chiqarish hajmi oshib boradi. Buda esa o‘z-o‘zidan texnologik ishlab chiqarish jarayonida reagent sifatida foydalaniladigan ohakka bo‘lgan talab oshadi.
Bu haqda OKMK boshqaruvi raisi tomonidan 2022-yil 21-aprel kuni imzolangan “Olmaliq KMK” AJda 28-aprel - Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kunini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 000462-sonli buyruqda belgilandi.
Sir emas oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar nazariy bilim olish barobarida o‘qiyotgan mutaxassisliklari bo‘yicha faoliyat yuritayotgan korxonalar bilan yaqindan tanishishlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakat taraqqiyotining zamini hech shubhasiz, ilm-fan va innovasiyalardir. Ilmga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirish ko‘lamini belgilaydigan xalqaro indekslarda davlatimiz o‘rni yildan yilga ko‘tarilib bormoqda.