Ishonch telefoni
Joriy yilning 27-yanvar kuni Markaziy ta'mirlash mexanika zavodida “Balli yigitlar” tanlovining saralash bosqiichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 27-yanvar kuni Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasida 2022-yil davomida faol bo‘lib, mehnat jamoasi sharafini munosib himoya qilgan yoshlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 22-dekabr kuni “Metallurg” MSda kombinat tarkibiy bo‘linmalari yoshlari o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan OKMK ligasi QVZ tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Davlat dasturi ijrosini ta’minlash, OKMK yoshlarining kasbiy salohiyatini oshirish hamda kombinatning moliya yo’nalishidagi yosh xodimlar zahirasini shakllantirish maqsadida joriy yilning 21 dekabr kuni “Eng yaxshi yosh hisobchi” kasb mahorati tanlovi bo’lib o’tdi.
Joriy yilning 16-dekabr kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibiy bo‘linmalarida mehnat qilayotgan yoshlar o‘rtasida “Eng yaxshi yosh energetik-2022” kasb mahorati tanlovi tashkil etildi.
"Xondiza" kon boshqarmasi Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘limi, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda Yoshlar ittifoqi hamkorligida bir qator tanlovlar tashkil etildi.
Joriy yilning 24-noyabr kuni OKMK Yoshlar ittifoqi hamda Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi hamkorligida “Yosh dasturchi” ko‘rik tanlovi tashkil etildi.
Xabaringiz bor, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruvi raisi A.Xursanovning “9 dekabr - Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan kombinat va uning tarkibiy bo‘linmalarida Aksilkorrupsiya oyligi doirasida belgilangan tadbirlarni yuksak saviyada o‘tkazishni ta'minlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga ko‘ra, kombinat tarkibiy bo‘linmalarida turli xil tadbirlar va sport musobaqalari o‘tkazilmoqda.
"Olmaliq KMK" AJda inson qadrini ulug'lash, uning huquq va erkinliklarini himoya qilishda, ularga kerakli shart-sharoitlarni yaratishda Kasaba uyushmasining xizmati katta.
“Metallurg” madaniyat saroyida Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan 21-oktabr - O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kuni munosabati bilan "Til - millat ko'zgusi'' mavzusida kitobxonlik kechasi bo'lib o'tdi.
Ijtimoiy obyektlar boshqarmasining korxona va muassasalarida faoliyat olib borayotgan yoshlarning tashabbuskorlik, zehnlilik va ziyraklik xislatlarini kashf etish maqsadida "Yosh tashabbuskorlar-2022" ko'rik tanlovi o'tkazildi.
Joriy yilning 23-sentyabr kuni OKMK geologiya bo‘limi, Yoshlar ittifoqi Yetakchilar Kengashi, kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi, Konchilik ishlari bo‘limi, Xodimlar bilan ishlash xizmati hamda O‘quv markazi hamkorligida “Eng yaxshi yosh tarkibli geologiya xizmati -2022” kasb mahorati tanlovi o‘tkazildi.