Ishonch telefoni
Xabaringiz bor, bugun poytaxtimizdagi Xalqaro kongress markazida birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi o‘z ishini boshladi.
Kuni kecha OKMK mutaxassislari, MTTU MISiS Olmaliq filiali rahbariyati, professor o‘qituvchilari hamda Germaniyaning Freyberg konchilik akademiyasi vakillari - xalqaro aloqalar bo‘limi rahbari Ingrid Lange va materialshunoslik kafedrasi professori Aleksandros Karitoslar o‘rtasida videokonferens aloqa orqali o‘zaro hamkorlik masalasi yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ayni kunlarda mamlakatimizda Navro‘zi olam shukuhi kezib yuribdi. Millati, tili va dinidan qat’iy nazar, har bir vatandoshimiz o‘zining huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini tobora chuqur anglab borayotgan Yangi O‘zbekistonda Navro‘z tom ma’noda umumxalq bayramiga aylanib, el-yurtimiz tomonidan katta shodu xurramlik bilan nishonlanmoqda.
2018-yilda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibida o‘z faoliyatini boshlagan Sherobod sement zavodida ikkilamchi chiqindi issiqlik gazidan elektr energiyasi olinishi yo‘lga qo‘yildi.
2022-yilning 15-mart kuni shahrimizdagi “Tojmahal” tantanalar majmuida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mehnat qilib, nafaqaga chiqqan faxriylar uchun “Navroʻz” bayrami tashkil etildi.
2022-yil 16-mart holatiga ko‘ra, 1,5 mingdan ziyod aliment undiruvchi onalar mavjudligi aniqlandi.
Joriy yilning 14-mart kuni “Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov “Olmaliq shahar va kombinat tarkibiy boʻlinmalari hududlari, shuningdek, mahallalar, xiyobon va koʻchalarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, aholinnng ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash hamda “Navroʻz” umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik koʻrish toʻgʻrisida”gi buyruqqa imzo chekdi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibidagi Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan 2022-yil yanvar-fevral holatiga ko‘ra, yuqori mehnat samaradorligi qayd etildi.
Sir emas, mamlakatimiz rahbarining xotin-qizlarning ilm olishiga qaratayotgan e'tibori tufayli bugun joylarda olima ayollar safi kengaymoqda.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mahalliylashtirish dasturi samarali amalga oshirib kelinmoqda.
Respublika konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashining Olmaliq hududiy filiali tashabbusi bilan OKMK Yoshlar ittifoqi, “Nuroniy” pensionerlar uyi hamkorligida bugun “Metallurg” MS atriumida bayram tadbiri tashkil etildi.
2022-yilning yanvar-fevral holatiga ko‘ra, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan mahsulotlar eksporti borasida salmoqli natijaga erishildi.
Joriy yilning 2-3-mart kunlari Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali bitiruvchi talabalari uchun “Karyera kuni” tashkil etildi.
Prezidentimiz farmoni bilan «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining «Yoshlik-1» koni direksiya yetakchi muhandisi Olimova Rano Yuldashvayevna «Shuhrat» medali bilan mukofotlangan edi.
Bugun “Metallurg” madaniyat saroyida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan kombinatda mehnat qiluvchi ayollar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.