Call-markaz
Ishonch telefoni
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibida faoliyat yuritib kelayotgan Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash ishlari boshqarmasi texnologik jarayonda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kuni kecha Toshkent kimyo-texnologiya instituti silikat materiallar, noyob va kamyob metallar texnologiyasi kafedrasining 3-bosqich talabalari uchun sanoat ekskursiyasi tashkil etildi.
Mamlakatimiz Prezidentining “Olmaliq KMK” AJ ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiya qilish va barqarorlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, kombinatning ikkinchi metallurgiya korxonasi hisoblangan Rux zavodida amalga oshirilgan ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiya qilish va barqarorlashtirish ishlari bugun o‘z samarasini bermoqda.
Temir yo‘llar mamlakat iqtisodiyotining qon tomirlariga qiyoslanadi. Bugungi kunda “Olmaliq KMK” AJ temir yo‘llarida xizmat ko‘rsatish sifat va samaradorligining zamon talablari asosida rivojlanayotganligini yuk tashish hajmining kundan-kunga o‘sib borayotganligidan ham ko‘rishimiz mumkin.
OKMK boshqaruv raisining xavfsizlik bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan tasdiqlangan aprel oyida amalga oshiriladigan profilaktik chora-tadbirlar rejasiga ko‘ra, 12 aprel kuni 2-Mis boyitish fabrikasi va Ixtisoslashtirilgan ta'mir ishlar boshqarmasi hamkorligida tadbir tashkil etildi.
Xabaringiz bor, 2021-yil 7-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san'at xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘RQ-694-sonli Qonuni bilan 15-aprel sanasi “O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san'at xodimlari kuni” sifatida nishonlanib kelinmoqda.
Qalmoqqir koni Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining ishlab chiqarish zanjirida dastlabki bo‘g‘in hisoblanadi. Ma'danlar aynan shu yerdan qazib olinadi va kon ekskavatorlari yordamida elektravozlarga yuklanib, maydalash uchun Mis boyitish fabrikasiga jo‘natiladi.
OKMKning barcha bo‘g‘in va yo‘nalishlaridagi ish jarayonini atroflicha o‘rganish orqaligina ushbu ulkan sanoat majmuasining raqamlashtirish strategiyasini amalga oshirish mumkin.
Bugun OKMKga “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibidagi boshqarma va sanoat korxonalari rahbarlari va mutaxassislari tashrif buyurishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-martdagi “Yoshlik I” koni negizida “Olmaliq KMK” AJ ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish to‘g‘risida”gi PQ-2807-sonli qarori hamda 2018-yil 25-dekabrdagi “Ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, sanoat tarmoqlarini texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash jarayonini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4077-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida 3-Mis boyitish fabrikasini qurilishi bo‘yicha ishlar davom etmoqda va sezilarli o‘zgarishlar kuzatilayapti.
Taraqqiyot strategiyasida belgilangan “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, shahar va tumanlarda ekologik ahvolni yaxshilash” maqsadi doirasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilishi yuzasidan Olmaliq shahri misolida “Biz kelajak uchun javobgarmiz!” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Kuni kecha OKMK rahbariyati hamda Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti MISiSning birinchi prorektori S.Salixov hamda oliygohning Olmaliq shahri filiali rahbariyati, mutaxassislari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Shiddat bilan rivojlanib borayotgan texnika asrida raqamlashtirish barcha sohaga kirib bormoqda.
2006 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish ob'yektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni xavfli ishlab chiqarish ob'ektlarida avariyalar yuz berishi xavflarini kamaytirish va XIChOdan foydalanib keluvchi tashkilotlarning mazkur avariyalar oqibatlarini bartaraf etish va lokalizasiya qilishga hozirligini ta'minlashga yo‘naltirilgan.
Hozirgi davrda har qanday qurilish puxta asoslangan loyiha hujjatlariga tayanilgan holda olib boriladi.