Call-markaz
Ishonch telefoni
Joriy yilning 21-24 noyabr kunlari qo‘shni Tojikiston Respublikasida sportning texnik turlaridan sanalgan motokross bo‘yicha ochiq xalqaro kubok musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida qayta tiklanuvchi muqobil energiya manbalaridan foydalanish hamda energiya resurslarni tejash maqsadida samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Ixtisoslashtirilgan ta’mirlash ishlari boshqarmasida Aksilkorrupsiya oyligi doirasida "9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni"ga bagʻishlangan “Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi" mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Joriy yilning 21-oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Joriy yilning 28-oktyabrdan 08-noyabriga qadar MTTU MISiS Olmaliq filialida "Konchilikda axborot texnologiyalari" fanidan "Datamine Studio OP" dasturiy ta'minotini qo‘llash bo‘yicha kirish kursi" bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Har qanday ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy soha obyektlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni tezkorlik bilan bartaraf etish, moddiy boyliklarni asrash hamda ishchi-xizmatchilar xavfsizligini ta'minlashda soha xodimlari tomonidan o‘tkazib kelinayotgan o‘quv-taktik mashg‘ulotlarning ahamiyati beqiyos.
Issiqlik elektr markazi nafaqat Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, balki shahrimiz energetika tizimida muhim ahamiyat kasb etuvchi korxonalardan biri hisoblanadi.
Joriy yilning 15-oktyabr kuni mamlakatimiz rahbarining Toshkent viloyatini rivojlantirish vazifalari yuzasidan o‘tkazgan yig‘ilishida Angren, Olmaliq, Ohangaron shaharlari, Piskent va Ohangaron tumanlarining viloyat sanoatidagi ulushini yanada oshirish hamda kombinat import mahsulotlari hajmini kamaytirish maqsadida ushbu hududlarda yangi loyihalarni ishga tushirish lozimligi ta’kidlanib, ushbu loyihalarni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqarishni kooperatsiya va klaster asosida tashkil etish uchun mutlaqo yangi tizim – “Sanoat uchburchagi” dasturini tayyorlashga qaror qilingani aytib o‘tilgan edi.
OKMKning shonli sanasi - 75 yilligi munosabati “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan qahramonimiz - darg‘a metallurglardan biri Bahrom Asqarov bilan bo‘lgan suhbatimiz otasi bilan bog‘liq xotiralar bilan boshlandi...
Bugungi kunda ishlab chiqarish sarf-xarajatlarini kamaytirish, mahsulot tannarxini tushirish bo‘yicha kombinat tarkibiy bo‘linmalarida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, mutaxassislar tomonidan ushbu ishlarni amalga oshirish uchun taklif etilayotgan innovatsion takliflar qo‘l kelmoqda.
Mis eritish zavodi Kamyob metallar ishlab chiqarish sexi tomonidan joriy yilning 12-noyabr kuni bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha prognozlarni muddatidan avval bajarishga erishildi.
Olmaliqning qadimiy mahallalaridan bo‘lgan Nakpaysoyda tug‘ilib, o‘sgan Abdiqul aka mana 37 yildirki buldozer haydaydi. Kombinatimizning 75 yilligi arafasida “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan qahramonimizning aytishicha, halollik va oddiylikda gap ko‘p.
Ma'lumki joriy yilning 14-16 noyabr kunlari poytaxtimizda “Innoweek-2024” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 16-noyabr kuni Markaziy saylov komissiyasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a'zolarini ro‘yxatga olishga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi.
2024-yil 16-noyabr kuni "Metallurg" madaniyat saroyida yoshlar o‘rtasida IT rolini oshirish va ommalashtirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish doirasida Olmaliq IT Community Roadshow bo‘lib o‘tdi.