Call-markaz
Ishonch telefoni
28 aprel - Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan 22 aprel kuni "Olmaliq KMK" AJ o‘quv markazida Texnik nazorat xizmati xodimlari o‘rtasida "Eng yaxshi mehnat muhofazasi yo‘riqchisi" ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
OKMK Mis eritish zavodida mehnat qilayotgan xotin-qizlar o‘rtasida “MEZ malikasi” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.
OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi jismoniy tarbiya-sport bo‘limi tomonidan tashkil etilgan an'anaviy “Spartakiada-2022” sport musobaqasi qizg‘in pallaga kirdi.
OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha komissiyasi tomonidan 2022-yil 6-aprel kuni “Metallurg” MSda “Kombinat go‘zali-2022” ko‘rik-tanlovining yakuniy final bosqichi o‘tkazildi.
“Olmaliq KMK" AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha komissiyasi tashabbusi bilan kombinat yosh ishchi-xodimlari, ishchi-xodimlarning farzandlari va shahrimizdagi iqtidorli yoshlari o‘rtasida "Olmaliq yosh iste'dodlari" ko‘rik-tanlovi kasting shaklida bo‘lib o‘tdi.
OKMK Sanoat temiryo‘l transporti boshqarmasining “Temiryo‘lchilar” madaniyat markazida “Bahor malikasi” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.
Milliy qadriyatlarni shakllantiradigan asosiy mezonlar millatning tarixi, urf-odati, an'anasi, hayotiy qadriyatlari bilan birga ma'naviy merosi, madaniy boyliklari va qo‘hna tarixiy yodgorliklaridir.
2022-yil 23-mart kuni OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining madaniyat va ma'rifat masalalari bo‘yicha komissiyasi tomonidan “Xush kelibsan Navro‘zi olam!” shiori osti xalq milliy o‘yinlari festivali tashkil etildi.
Mehr-oqibat va qadr-qimmat, saxovat ayyomi bo‘lgan Navro‘zda muhtojlar holidan xabar olinib, ularga yordam ko‘rsatiladi.
Ozod va obod yurtga bayram yarashar. Yurtimizda kezib yurgan bahor faslining go‘zal bayramlaridan biri Navro‘z ayyomi shukuhi butun yurtimiz bo‘ylab sezilmoqda. Ushbu bayram butun mamlakatimizda hamda OKMK tarkibiy bo‘linmalarida ham ko‘tarinki kayfiyatda nishonlanadi.
OKMK Avtomobil transport boshqarmasining Sherobod sement zavodiga xizmat ko‘rsatuvchi 4-sonli avtokorxonasida mehnat qiluvchi “BelAZ”samosval haydovchilari o‘rtasida “Eng yaxshi BelAZ-7540 samosvali haydovchisi” kasb mahorati tanlovi tashkil etildi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan har bir bayram arafasida keksalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtojlarga, Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti faxriylariga ehtirom ko‘rsatiladi.
2022-yilning 11-mart kuni OKMK “Olmaliqmetallurgqurilish” trestida bahoriy taomlar festivali oʻtkazildi.
OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan kombinat tarkibiy boʻlinmalarida mehnat qilayotgan 18-30 yoshgacha boʻlgan yigitlar oʻrtasida “Oʻzbegim mard yigitlari” koʻrik-tanlovi tashkil etildi.
Har yilning 9-fevrali mamlakatimizda ma'naviyat, adabiyot, madaniyat va san'at bayrami sifatida keng nishonlanadi. Chunki buyuk inson, ulug‘ mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Mir Alisher Navoiy o‘zbek tili va adabiyotiga asos solibgina qolmay, milliy ma'naviyatimizning yuksalishiga, o‘zbek madaniyatining taraqqiy etishiga, mumtoz san'at asarlarining yaratilishiga beqiyos hissa qo‘shgan.