Call-markaz
Ishonch telefoni
Sanoatni raqamlashtirish iqtisodiy rivojlanishning muhim drayvеri bo‘lib, u ishlab chiqarish korхonalarining barqaror faoliyat yuritishini ta’minlaydi. Olmaliq kon-mеtallurgiya kombinatida Avtomatlashtirilgan kon-tехnika komplеksini boshqarish tizimining joriy etilishi Rеspublika miqyosida mazkur yo‘nalishdagi eng muhim tashabbuslardan biriga aylandi.
Suv – yer yuzidagi hayot manbai. Mazkur tabiiy resurs ishlab chiqarish jarayonlarida ham asosan texnologik ehtiyojlar, sovitish, yuvish, eritish hamda energetika yo‘nalishlarida keng qo‘llaniladi.
Sun’iy intеllеkt ulkan hajmdagi ma’lumotlarni inson hеch qachon uddalay olmaydigan tеzlikda aniq tahlil qilish va qayta ishlashga qodir.
Bugungi kunda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati nafaqat sanoat giganti, balki O‘zbekistonning iqtisodiy diplomatiyasi markazlaridan biriga aylandi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi
Joriy yilning 20-yanvar kuni “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30 dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi №PF-270-son Farmoni ijrosini taʼminlash toʻgʻrisida”gi buyrug‘i qabul qilindi.
Bugun OKMK Ma’naviyat va ma’rifat kengashi tashabbusi bilan Prezidentimizning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi, “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 2026-yildagi ijrosini ta’minlashga qaratilgan Davlat dasturi loyihasi yuzasidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yoʻnalishlarini bajarish davomida “Olmaliq KMK” AJ jamoasi 2025-yil yakunlari boʻyicha quyidagi ishlab chiqarish koʻrsatkichlariga erishdi:
Bugungi kunda global iqtisodiyotda enеrgiya rеsurslarining qadri tobora ortib bormoqda. Sanoatning yetakchi korхonalari, хususan, Olmaliq kon-mеtallurgiya kombinati uchun enеrgiya samaradorligini oshirish nafaqat хarajatlarni kamaytirish, balki mahsulot raqobatbardoshligini ta’minlashning bosh omilidir.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibiy bo‘linmalarida Prezidentimizning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llangan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.
Har qanday yirik sanoat korxonasining taraqqiyoti uning xodimlari malakasi va kasbiy mahorati hisoblaadi. Mutaxassislarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlarini olib borish — bu nafaqat ish unumdorligini oshiradi, balki ishlab chiqarish xavfsizligi va sifatini ham ta’minlaydi.
Sanoat korxonalarida mahalliylashtirish dasturi iqtisodiy mustaqillikni mustahkamlash, ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish va milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
OKMK Ma’naviyat va ma’rifat kengashi tashabbusi bilan kombinat tarkibiy bo‘linmalarida o‘tkazib kelinyotgan targ‘ibot tadbirlari bugun ham davom ettirildi.
Joriy yilning 21-yanvar kuni Markaziy ta’mirlash mexanika zavodi, Rux zavodi, Markaziy analitik laboratoriyasi, Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasi kabi korxonalarda targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
“Olmaliq kon-mеtallurgiya kombinatida ISO 50001 хalqaro enеrgomеnеjmеnt tizimini joriy etilishi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bilan birga, atrof-muhitga ta’sirni kamaytirish va issiqхona gazlari chiqindilarini qisqartirishga хizmat qilmoqda.
Bugungi kunda dunyoning yetakchi davlatlarining yirik kompaniyalari OKMK bilan uzoq muddatli hamda o‘zaro manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yishga katta qiziqish bildirmoqda. Bu esa kombinatning nafaqat mamlakatimiz, balki mintaqa iqtisodiyotidagi strategik o‘rnini yana bir bor tasdiqlaydi.