Call-markaz
Ishonch telefoni
Axborot texnologiyalari shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi davrda inson faoliyatining deyarli barcha jabhalari raqamli makon bilan chambarchas bog'lanmoqda.
Ma’lumki, OKMKda amalga oshirilayotgan “Yoshlik I” konini o‘zlashtirish” investitsiyaviy loyihasi doirasida 2025-yilda Texnologik transport boshqarmasi avtoparkiga eng zamonaviy “HITACHI EH4000AC-3” karyer avtosamosvallarining ilk partiyasi olib kelingan edi. Bugungi kunga kelib, kombinat konlarida ushbu konchilik avtogigantlarining 7 tasi to‘liq quvvat bilan ishlayotgan bo‘lsa, yana 1 tasini yig‘ish va sozlash ishlari qizg‘in davom ettirilmoqda.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibiy bo‘linmalarida ishlab chiqarish xavfsizligini ta’minlash, xodimlarning favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini oshirish hamda qutqaruv tuzilmalarining shayligini tekshirish doimiy diqqat markazida bo‘lib kelmoqda.
Bugungi kunda rux metalli jahon iqtisodiyoti, yashil energetika va inson salomatligi uchun eng strategik ahamiyatga ega bo‘lgan kritik minerallardan biri hisoblanadi.
Bugungi shiddatli texnika asrida axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt hayotimizga kirib kelib, bizga ko‘plab yangi imkoniyatlar hamda qulayliklar taqdim etmoqda. Ammo tanganing ikkinchi tomoni bo‘lganidek, ushbu yutuqlardan g‘arazli maqsadlarda foydalanib, virtual olamda firibgarlik qilish, fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish kabi jinoyatlar ham kun sayin oshib bormoqda. Kiberjinoyatchilarning bunday ustamonlik bilan qo‘ygan tuzog‘iga tushib qolmaslik esa har birimizdan yuksak xushyorlikni, raqamli ko‘nikmalarni hamda moliyaviy savodxonlikni talab etadi.
Bugungi kunda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etishda ishchi-xodimlarning sog‘lig‘i va hayotini asrash, ularga xavfsiz va munosib mehnat sharoitlarini yaratish eng ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Ana shu maqsadda 3-Mis boyitish fabrikasida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga rioya etilishi holati joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi.
Joriy yilda O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yillik shonli to'yonasi butun yurtimizda keng nishonlanmoqda. Ushbu qutlug' sana arafasida “Olmaliq KMK” AJ tarkibidagi eng istiqbolli va strategik bo'linmalardan biri bo'lmish “Xonjiza” kon boshqarmasining mustaqillik yillarida bosib o'tgan yo'li va ishlab chiqarish sanoatida erishgan yutuqlari istiqlol bergan imkoniyatlarning yorqin namunasi sifatida alohida e'tirofga loyiqdir.
Ayni kunlarda kombinat tarkibiy bo‘linmalarida xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-huquqiy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, ma’naviy va psixologik ko‘mak berish maqsadida malakali mutaxassislar ishtirokida tizimli davra suhbatlari hamda seminar-treninglar tashkil etilmoqda.
Bugungi kunda sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar ishlab chiqarish jarayonlarini yangi bosqichga olib chiqayotgan muhim omillardan biriga aylanmoqda.
Bugun jonajon yurtimizda istiqlol shukuhi kezmoqda. Davlatimiz mustaqilligining 35-yillik shonli to‘yi mamlakatimizda “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan ezgu g‘oya ostida yuksak tayyorgarlik va ko‘tarinki ruhda munosib kutib olinyapti.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mamlakatimiz mis sanoati tarixidagi eng yirik strategik investitsiya loyihalaridan biri — 3-Mis boyitish fabrikasi bosqichma-bosqich barpo etilmoqda. Ushbu majmuaning muhim infratuzilma obyektlaridan biri hisoblangan boyitish qoldiqlarini saqlash ombori ham zamonaviy muhandislik yechimlari asosida jadal sur’atlarda qurilmoqda.
Bugungi Yangi O'zbekiston taraqqiyotining asosiy ustuvor yo'nalishlaridan biri - mamlakatning mineral xom ashyo salohiyatidan samarali foydalanish, zamonaviy sanoatni rivojlantirish va yuqori qo'shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini keskin oshirishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Kasbiy ta’lim agentligi va Yoshlar ta’limi agentligi hamkorligida tashkil etilgan Prezident sovrini uchun "Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari" kasbiy mahorati milliy tanlovining viloyat bosqichi va Respublika bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi.
Mamlakatimizda har yili avgust oyining ikkinchi yakshanbasi Qurilish sohasi xodimlari kuni sifatida keng nishonlanib kelinadi. Ushbu sana munosabati bilan shahrimizdagi “Go‘zal” tantanalar majmuasida kombinat quruvchilari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
Joriy yilning 7-avgust kuni “Olmaliq KMK” AJ Muhandislik maktabida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan viloyat hokimliklari, Toshkent viloyati hamda Toshkent shahri tumanlari hokimlarining sun’iy intellekt texnologiyalari bo‘yicha maslahatchilari uchun “Kon-geologiya sohasida raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar” mavzusiga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminari tashkil etildi.