Call-markaz
Ishonch telefoni
Bu yilgi yozgi ta’til davrida kombinat ishchi-xodimlarining 7-14 yoshdagi 4200 nafar farzandlari bolalar sog’lomlashtirish oromgohlarida dam olishi rejalashtirilgan.
2024 yilning yanvar-may holati boʻyicha 232 471 000 dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilib, prognoz 107%ga bajarildi.
OKMK mehnat jamoasi tomonidan joriy yilning 5 oyida ham barcha ishlab chiqarish prognozlari bajarilishiga erishildi.
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan bolajonlar uchun ajoyib tuhfalar hozirlandi.
Joriy yilning 29-may kuni Nodir metallar va qattiq qotishmalar ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida “Favqulodda vaziyatlar, favqulodda holatlarning oldini olish va birlashmada yong‘in xavfsizligini ta'minlash – asosiy vazifa!” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.
Ayni davrga kelib raqamli iqtisodiyotning dunyo miqyosida tutgan o‘rni va uning rivojlanish tendensiyalari taraqqiyot pallasiga kirgan. Iqtisodiy jarayonlarni raqamlashtirish nafaqat bevosita axborot kommunikatsiya tarmog‘ini, balki mamlakatimiz iqtisodiy faoliyatining barcha sohalarini ham qamrab oladigan keng qamrovli tendensiyaga aylanib bormoqda.
“Olmaliq KMK” AJ texnologik ishlab chiqarish zanjirida har bir korxonaning o‘ziga xos o‘rni bor. Kombinatni bir butun mexanizm, deb oladigan bo‘lsak, har korxona esa uning ajralmas murvatlaridir. Ishlab chiqarish zanjirida uzviy bir bo‘lagi sifatida qaraladigan Sanoat suv ta'minoti sexi faoliyati muhim ahamiyatga ega bo‘lib, kombinat korxonalarida ishlab chiqarish jarayonida bevosita texnik suvning o‘rni beqiyos hisoblanadi.
...1966-yil 26-aprel kuni soat 5:23da Toshkentda dahshatli zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila o‘chog‘idagi silkinish magnitudasi 5,2, episentrdagi yer yuzasida seysmik ta'sir esa 8 balldan ortiq, chekka joylarda 6 ballni tashkil etdi.
Joriy yilning 22-may kuni ertalab taxminan 09:00 larda 6,2 balli yer silkinishi oqibatida Neft mahsulotlari ta'minoti boshqarmasining markaziy ombor hududida 2-raqamli hajmi 1000 m kub bo‘lgan sig‘imning ost qismi yorilib ketadi. Natijada yoqilg‘i mahsuloti oqib, yong‘in yuzaga kelgan va 2 nafar ishchi jarohatlanadi.
Xabaringiz bor, ayni paytda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida “Yoshlik-1 konini o‘zlashtirish” investitsiyaviy loyihasini ishga tushirish ishlari jadal sur'atlarda olib borilayapti. Loyiha doirasida “Yoshlik-1” koni uchun bir qator zamonaviy texnologik kon transport vositalari olib kelinmoqda.
Turkiy davlatlar tashkilotiga a'zo mamlakatlarning o‘zaro serqirra hamkorlik munosabatlari axborot sohasida ham tobora kengayib, qo‘shma loyihalar ijrosida o‘z aksini topib bormoqda.
Faqat oldinga intilish, yangidan-yangi mehnat marralarini zabt etib borib, barqaror ishlab chiqarish tizimini yaratish har qanday korxona faoliyatining asosini tashkil qiladi. O‘z faoliyatining dastlabki o‘n yilliklaridagi tiklanishlar, 90-yillarning murakkab davridagi toblanishlar, 2000-yillar boshidagi rekonstruksiya bosqichliklari “Olmaliq KMK” AJ Sariq-cho‘qqi konining bugunga kelib o‘z tarixida yuqori cho‘qqilarga chiqishini ta'minladi.
Bu yil 70 yilligi nishonlanadigan 2-Mis boyitish fabrikasining Maydalash boʻlimida yangi ta’mirdan chiqarilgan zamonaviy va barcha qulayliklarga ega operator xonasi foydalanisjga topshirildi.
“Olmaliq KMK” AJ konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha “Yoshlik-1“ konini o‘zlashtirish investitsiyasi loyihasining 1-bosqichini amalga oshirish doirasida ayni paytda 3-Mis boyitish fabrikasi qurilishi bilan parallel ravishda texnologik uskunakalarni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni arafasida bir qator kombinat tarkibiy bo‘linmalarida yangi ob'yektlar foydalanishga topshirildi.