Call-markaz
Ishonch telefoni
...Insonning energiya sohasidagi birinchi “ixtirosi” olovning rivojlanishi edi. Bugungi kunda keng tarqalgan fikrga ko‘ra, bu taxminan 1,5 million yil oldin sodir bo‘lgan.
Ayni kunlarda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibiy bo‘linmalari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
Kuni kecha Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati 5-sonli komandasining 2022-yil yakunlari bo‘yicha hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Komplaens-nazorat xizmati tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Ma'lumki OKMK boshqaruvi raisining 2022-yil 31-avgustdagi 1037-sonli buyrug‘iga muvofiq tuzilgan ishchi guruh tomonidan kombinat tarkibiy bo‘linmalarida ijtimoiy va ma'naviy-ma'rifiy muhit, yoshlar masalalari hamda turli ko‘rinishdagi jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi o‘rganilmoqda.
Mis boyitish fabrikasida “MBFda zilzila sodir bo‘lganda fuqaro muhofazasi tuzilmalari va FVDT quyi tizimlarining harakati” mavzusidagi maxsus taktik o‘quv-mashg‘uloti bo'lib o'tdi.
Mamlakatimiz va Germaniya davlati o‘rtasida bir necha yillardan buyon o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari yildan-yilga rivojlanib bormoqda.
Joriy yilning 23-26 mart kunlari Jizzax viloyatida sportning texnik turlaridan biri bo‘lgan motokross bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionatining 2-bosqich musobaqalari o‘tkazildi.
Xabaringiz bor, 2022-yil dekabr oyida OKMK Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tarkibida “Ingichka boyitish fabrikasi” ishga tushirilgan edi.
Yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlarining asosiy vazifalari, eng avvalo, yong‘inlarning oldini olish, aholi o‘rtasida keng ko‘lamdagi targ‘ibot-tashviqot va tushuntirish ishlarini kuchaytirish, shu orqali yong‘inlar sonini kamaytirishdan iborat. Ayni maqsadda navbatdagi uchrashuv Mis eritish zavodida tashkil etildi.
OKMK Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida yana bir yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Avval xabar berilganidek, joriy yilning 23-mart kuni Sanoat temiryo‘l transporti boshqarmasining 2023-yil uchun oliy ma'lumotli mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojini qoplash maqsadida Toshkent davlat transport universitetida bu yil oliygohni tamomlaydigan (bakalavr, magistr) bitiruvchilar uchun sinov jarayoni bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 13-mart kuni “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisi A. Xursanov “Bolalarning dam olishini tashkil etish va sog‘lomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida”gi buyruqqa imzo chekdi.
Angren kon boshqarmasi boyitilgan konsentratlar olinishi bilan kechadigan foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash jarayonlari amalga oshirib kelinadigan “Olmaliq KMK” AJning o‘ziga xos ishlab chiqarish bo‘g‘inlaridan biri hisoblanadi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining ilmiy, bunyodkorlik salohiyati haqida gap ketganda uning yana bir ilg‘or tarkibiy bo‘g‘ini - Loyiha ishlari boshqarmasining faoliyati diqqatga molikdir.