Call-markaz
Ishonch telefoni
Prezidentimizning 2026-yil 4-fevraldagi PF-17-son Farmoni hamda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi Boshqaruv kengashi yig'ilishining 1-son bayoni 10-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida Bank-moliya akademiyasida vazirlik va idoralarning sohaviy xodimlari uchun bir haftalik maxsus malaka oshirish kurslari tashkil etilgan edi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ayniqsa, rangli metallurgiya yoʻnalishida olib borilayotgan modernizatsiya ishlari eksport salohiyatini kengaytirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Yangi investitsion loyihalar, zamonaviy texnikalar hamda raqamlashtirish tizimlarining joriy etilishi esa sohani mutlaqo yangi bosqichiga olib chiqyapti.
Favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan “Dolzarb 30 kun” oyligi doirasida kombinat tarkibiy bo‘linmalarida muntazam ravishda profilaktika tadbirlari va o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ishlab chiqarish samaradorligi va mehnat xavfsizligini taʼminlashda ilm-fan yutuqlaridan keng foydalanilmoqda. Kuni kecha kombinat mutaxassislari uchun tashkil etilgan amaliy seminar aynan shu maqsadga xizmat qildi.
OKMK Ma'naviyat va ma'rifat kengashi tashabbusi bilan kombinat ishchi-xodimlari hamda hamshaharlarimiz uchun doimiy ravishda taniqli adiblar, shoirlar va aktyorlar ishtirokida badiiy kechalar, ijodiy uchrashuvlar va spektakl namoyishlari tashkil etib kelinmoqda.
OKMKda ishchi-xodimlar o‘rtasida huquqiy ong va madaniyatni rivojlantirish, sog‘lom ma'naviy muhitni mustahkamlash hamda qonun ustuvorligini ta'minlash maqsadida keng ko‘lamli “Dolzarb 30 kunlik” umumiy profilaktik tadbirlari davom ettirilmoqda.
Тog‘-kon sanoatida zamonaviy boshqaruv tizimini shakllantirish, sohada xotin-qizlarning rolini oshirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash bugungi kunning muhim trendlaridan biridir. Joriy yilning 15-may kuni “Olmaliq KMK” AJda bo‘lib o‘tgan Lider ayollar jamoasining navbatdagi uchrashuvi aynan shu maqsadlarga xizmat qildi.
Yurtimizda joriy yilning 1-mayidan 31-mayiga qadar favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan “Dolzarb 30 kun” oyligi o‘tkazilmoqda.
2026-yil 15-may kuni Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning kredit reytingi bo‘yicha navbatdagi hisobotini chop etdi. Hisobotga ko‘ra, kombinatning kredit reytingi “Barqaror” prognozi bilan “BB” darajasida tasdiqladi.
Ma'lumki, Ohangaron shahrida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, Тog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Тoshkent viloyati hokimligi, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ hamda Elektron kooperatsiya portali hamkorligida 14–16 may kunlari “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi o‘tkazildi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kunini ko‘tarinki kayfiyatda nishonlashdi. Bayram tadbirlari kombinatning har bir bo‘linmasida katta tantana qilindi. Har bir tarkibiy bo‘linmalarda bayram dasturxonlari yozilib, ilg‘or ishchi-xodimlar esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi. Ko‘p yillar davomida ishlagan ishchi-xodimlarga “Mehnat faxriysi” unvonlari taqdim etildi.
Bugun Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishga qaratilgan yana bir investitsiyaviy loyiha — yuqori texnologik imkoniyatlarga ega bo‘lgan “Kovuldi” oltin saralash fabrikasi foydalanishga topshirildi.
Avval xabar berganimizdek, Ohangaron shahridagi sanoat zonasida “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining tarkibiy bo‘linmalarida O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni o‘zgacha shukuh va yuqori kayfiyat bilan nishonlanmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan sanoatga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, xomashyoni chuqur qayta ishlash hamda yuqori texnologik tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta'minlash barobarida OKMKning xalqaro munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.