Call-markaz
Ishonch telefoni
3-Mis boyitish fabrikasining uzluksiz, tizimli va barqaror faoliyat yuritishini ta'minlash maqsadida, zamonaviy texnologik va muhandislik yechimlarini o'z ichiga olgan Avtomobil yoqilg'i quyish majmuasi va yoqilg'i-moylash materiallari saqlash omborini barpo etish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Yaqin kunlarda ushbu majmualar foydalanishga topshiriladi.
Ma’lumki, xalqimizning eng ulug‘, eng aziz ayyomi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yillik qutlug‘ to‘yonasi butun mamlakatimizda “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan oliyjanob shior ostida keng nishonlanmoqda. Mazkur shonli sana munosabati bilan joriy yilning 24-avgust kuni OKMK sport majmuasida katta bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Jonajon yurtimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida hayotimdagi eng quvonchli va unutilmas voqea yuz berdi. Muhtaram Prezidentimizning Farmonlariga ko‘ra, kamtarona mehnatim yuksak baholanib, “Mehnat shuhrati” ordeniga loyiq ko‘rilibman.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mamlakatimiz rangli metallurgiya sanoati tarixidagi eng yirik, strategik ahamiyatga ega investitsiya loyihalaridan biri — 3-Mis boyitish fabrikasini bosqichma-bosqich barpo etish ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda.
Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni bilan bir guruh kombinat ishchi-xodimlari davlatimizning yuksak mukofoti bilan taqdirlanishdi.
O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yillik shonli to'yonasi butun mamlakatimizda “Yagona Vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan olijanob shior ostida yuksak ko'tarinkilik bilan nishonlanmoqda.
Har bir xalq hayotida shunday sanalar borki, ular nafaqat tarix sahifalarida, balki avlodlar xotirasi va qalbida ham o‘chmas iz qoldiradi.
Ma’lumki Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-apreldagi “2026-2027 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyati yuksaltirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to'g'risida”gi qarori, Tog'-kon sanoati va geologiya vazirligining 58-sonli buyrug'i hamda OKMKning 700-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida “Jonajon kombinatimizni korrupsiyadan mutlaqo holi hududga aylantiraylik!” shiori ostida har hafta kombinat tarkibiy bo‘linmalarida profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Markaziy taʼmirlash-mexanika zavodi xotin-qizlar va gender tenglik masalalari boʻyicha maslahat kengashi hamda kasaba uyushmasi qoʻmitasi tashabbusi bilan xodimlarning salomatligini asrash, mehnatdagi faolligi va oiladagi xotirjamligini qoʻllab-quvvatlash maqsadida tizimli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, joriy yilning 19 avgust kuni zavod ayollari uchun “Sogʻlom ayol — sogʻlom hayot va yutuqlar garovi” mavzusida seminar tashkil etildi.
Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik shonli bayrami arafasida mamlakatimizning sanoat salohiyatini mustahkamlash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va yirik bunyodkorlik loyihalarini amalga oshirish yoʻlida olib borilayotgan ishlar yanada katta ahamiyat kasb etmoqda.
Sanoat maydonlarida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarning xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarda qutqaruv tuzilmalarining tezkor va hamjihat harakatlanish ko‘nikmalarini oshirish maqsadida tizimli tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.
Taraqqiyot hech qachon tasodifan yuz bermaydi. U bilim, jasorat, yuksak mas'uliyat va fidokorona mehnat samarasida barpo etiladi.
So‘nggi yillarda OKMKda ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish va ilg‘or tajribalarni o‘rganish borasida izchil ishlar olib borilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, ishlab chiqarish samaradorligini yanada oshirish barobarida zamonaviy fikrlovchi, raqamli texnologiyalarni puxta egallagan malakali mutaxassislarni tayyorlashda ham muhim ahamiyat kasb etyapti.
Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli sanoat modernizatsiyasi jarayonlarida ishlab chiqarish tarmoqlarini zarur xomashyo va reagentlar bilan unumli hamda uzluksiz ta'minlash strategik ahamiyatga ega.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarining ochiqligi, shaffofligini ta’minlash hamda tizimda korrupsiyaga qarshi qat’iy kurashish borasida keng qamrovli komplayens-nazorat ishlari izchil amalga oshirib kelinmoqda.