Call-markaz
Ishonch telefoni
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mahalilylashtirish dasturi samarali amalga oshirib kelinmoqda.
Joriy yilning 8-10 sentyabr kunlari poytaxtimiz Toshkent shahrida sportning jangovar turlaridan sanalgan Shotokan karate-do turi bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 8-sentyabr kuni “Aholi va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni va “Olmaliq KMK” AJ ning 2023-yil 25-yanvar sanasidagi № 0087-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida Qalmoqqir kon boshqarmasiga qarashli “Yoshlik-1” koni Shimoliy-G‘arbiy Baliqti karyerida “Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda FM tuzilmalari va FVDT quyi tizimining harakati” mavzusida maxsus taktik o‘quv-mashg‘uloti o‘tkazildi.
O‘quv markazi tomonidan “Olmaliq KMK” AJ ishchi-xodimlari, raxbarlar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha 2023-yil avgust oyida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Mamlakatimiz hamda Janubiy Koreya davlati bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari yildan-yilga mustahkamlanib borilmoqda.
Joriy yilning 5-sentyabr kuni OKMK Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida xizmat olib borayotgan Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmatining 9-komanda 1-guruh shaxsiy tarkibi xodimlari o‘rtasida huquqbuzarlik profilaktikasi tadbiri o‘tkazildi.
Joriy yilning 8 oyida yuqori mehnat marralarini zabt etgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi mahsulotlar eksporti yo‘nalishida ham barcha rejalarning bajarilishini ta'minlashdi.
Mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligiga Olmaliq shahar aholisiga OKMK tomonidan yana bir ajoyib tuhfa taqdim etildi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi tomonidan 2023-yilning 8 oyi davomida barcha ishlab chiqarish rejalari bajarildi.
Bugun poytaxtimizda O‘zbekiston-Xitoy biznes forumi tashkil etilib, forum doirasida “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusining 10 yilligiga bag‘ishlangan tadbirning ochilish marosimi hamda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha konferensiya o‘tkazildi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatimizning mis sanoatidan olgan daromadi ayni paytda 2,5 milliard dollarni tashkil etadi.
O’zbekiston kubogi, chorak final doirasida OKMK o’z maydonida Urganchning «Xorazm» jamoasini qabul qildi.
OKMK rahbariyati tomonidan nuroniylarning holidan xabar olish, ularga e'tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish yaxshi bir an'anaga aylangan. Istiqlol ayyomi arafasida OKMK boshqaruvi raisi, senator Abdulla Xursanov shahrimizning “Chambil” mahallasida istiqomat qiluvchi, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Ashir ota Usarovning xonadonida bo‘lib, otaxonni mustaqillik bayrami bilan muborakbod etdi.
Mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligi ayyomi arafasida Ijtimoiy ob'yektlar boshqarmasi tasarrufidagi 33-sonli “Ertak” nomidagi maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.
OKMK boshqaruvi raisining 2022-yil 31-avgustdagi 1037-son buyrug‘iga muvofiq tuzilgan ishchi guruh tomonidan kombinat tarkibiy bo‘linmalarida ijtimoiy va ma'naviy-ma'rifiy muhit, yoshlar masalalari hamda turli ko‘rinishdagi jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi joyiga chiqib o‘rganilmoqda.