Call-markaz
Ishonch telefoni
2-Mis boyitish fabrikasida ma’danlarni qayta ishlash hajmini 5 mln tonnaga oshirish maqsadida barpo etilayotgan boyitish majmuasining ishga tushirilish ham mis ishlab chiqarish hajmini oshishiga xizmat qiladi.
Joriy yilning 9-iyun kuni kombinatga Xitoy Xalq Respublikasi va Italiyaning nufuzli universitetlari vakillari, xususan, dunyoga mashhur Piza universiteti hamda Chendu texnologiya universiteti, Geologiya fanlari universiteti ekspertlaridan iborat nufuzli delegatsiya tashrif buyurdi.
O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona xalq, yagona vatan, yagona maqsad” shiori ostida “Metallurg” madaniyat saroyida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Kuni kecha Muhandislik maktabida kombinat geologlari va soha mutaxassislari uchun xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy seminarlar bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilda kombinat tasarrufidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarda 4 ta smena tashkil etilib, yoz mavsumi davomida jami bo‘lib, 4000 nafar bola dam oldirilishi belgilangan.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida amalga oshirilayotgan keng qamrovli investitsiyaviy loyihalar barcha tarkibiy bo'linmalarda ishlab chiqarish quvvatlarini izchil oshirish va texnologik yangilanishlarni jadallashtirishga xizmat qilmoqda. Sanoat suv ta'minoti sexiga keltirilgan yangi va zamonaviy burg'ilash qurilmasi ham ushbu modernizatsiya islohotlarining yaqqol isbotidir.
Joriy yilning 3-iyun kuni «Bor mehrimiz senga, bolajon!» shiori ostida xayriya donorlik aksiyasi tashkil etildi.
Bugungi kunda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan ishlab chiqarish va ta'lim integratsiyasini chuqurlashtirish, soha uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda gandbol sport turini xalqaro standartlar asosida yana-da rivojlantirish, shuningdek, milliy trenerlar korpusining kasbiy salohiyati va amaliy ko‘nikmalarini yuksaltirish maqsadida Xalqaro gandbol federatsiyasi, Osiyo hamda O‘zbekiston gandbol federatsiyasi hamkorligida Toshkent shahrida xalqaro toifadagi trenerlik sertifikatini berishga qaratilgan o‘quv-amaliy seminari tashkil etildi.
Ma'lumki, “Sanoat uchburchagi” dasturi ijrosini ta'minlash maqsadida “Olmaliq KMK” AJ, “Andijon mexanika zavodi” AJ va “Olmaliq quyuv-mexanika zavodi” MCHJ o'rtasida o'zaro hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yilgan edi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati deganda ko‘pchilikning ko‘z oldida faqatgina mis yoki qimmatbaho metall ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan tog‘-kon korxonasi namoyon bo‘ladi.
Sanoat korxonalarida texnologik uskunalarning uzluksiz, xavfsiz va soz ishlashini ta’minlashda rejali-ogohlantiruvchi profilaktika tadbirlari muhim strategik ahamiyat kasb etadi.
Kuni kecha Avtomobil transporti boshqarmasida (ATB) yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, haydovchilar o‘rtasida mehnat intizomini mustahkamlash hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-apreldagi “2026-2027 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyati yuksaltirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to'g'risida”gi qarori, Tog'-kon sanoat va geologiya vazirligining 58-sonli buyrug'i hamda OKMKning 700-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida “Jonajon kombinatimizni korrupsiyadan mutlaqo holi hududga aylantiraylik!” shiori ostida har hafta muntazam ravishda o'tkazib kelinayotgan navbatdagi profilaktik tadbirlar 3-Mis boyitish fabrikasi, Yoshlik-1 koni direksiyasi hamda Ohak zavodi kabi tarkibiy bo'linmalarda tashkil etildi.
Yurtimizda yosh avlodning sogʻlom va barkamol boʻlib voyaga yetishi, ularning yozgi taʼtil kunlarini mazmunli va xavfsiz tashkil etish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.