Call-markaz
Ishonch telefoni
Joriy yilning 11-oktyabr kuni "Metallurg" madaniyat saroyida OKMK xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan "Energiya samaradorligini oshirish, mahsulot tannarxini pasaytirish va xarajatlarni kamaytirish bo‘yicha eng yaxshi ratsionalizatorlik takliflari" tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
"Olmaliq KMK" AJ O‘zbekistonda ilk bor Buyuk Britaniya Eksport-sug‘urta agentligi (UKEF) sug‘urta qoplamasi ostida Ispaniyaning “Santander” bankining to‘g‘ridan-to‘g‘ri imtiyozli kreditini jalb qildi.
“Olmaliq KMK” AJning ishlab chiqarish tizimida muhim ahamiyat kasb etuvchi Ohak zavodi 1961-yilda foydalanishga topshirilgan.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida barcha ishlab chiqarish prognozlari bajarilishiga erishildi.
Har qanday sharoitda barqaror va uzluksiz ishlash faoliyatining asosini tashkil etuvchi Neft mahsulotlari ta'minoti boshqarmasi Olmaliq kon-metallurgiya kombinati sex va uchastkalarini zarur yoqilg‘i-moylash materiallari bilan uzluksiz ravishda ta'minlab kelmoqda.
Har bir korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulot yoki ko‘rsatilayotgan xizmatning sifati, zamonaviy talablarga javob berishi va umuman iqtisodiy samaradorlikning ortib borishi - shu korxonada faoliyat yuritayotgan, ma'lum turdagi mahsulot chiqarayotgan yoki xizmat ko‘rsatayotgan mutaxassisning bilimi, malakasi, o‘z sohasini qay darajada yaxshi bilishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq.
Joriy yilning 8-oktyabr kuni OKMKga Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabbayev boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Sanoat suv ta'minoti sexi salkam 70 yildirki, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati o‘z faoliyatini boshlagan ilk yillardan boshlab, to hozirgi kungacha texnik aylanma suvlar va suv ob'ektlarining holatiga ta'sir etuvchi tarmoq bo‘linmalari, inshootlari hamda boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, ta'mirlash, tiklash va ishga tushirishda yangi texnologik jarayonlarni joriy etish va suvdan tejamkorlikda foydalanishga alohida ahamiyat berib keladi.
2007-yilning mart oyida “Olmaliq KMK” AJ “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti bazasida ixtisoslashtirilgan ta'mir ishlari uchastkasi tashkil etildi. Oradan ikki yil o‘tmasdan bu uchastka mustaqil ishlab chiqarish boshqarmasi sifatida qayta tashkil etildi.
Foydali qazilmalarning sanoat zahiralari va resurslari ko‘p jihatdan O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining imkoniyatlarini belgilab beradi.
Joriy yilning 9 oyida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan mahsulotlar eksporti borasida barcha belgilangan prognozlarning bajarilishi ta'minlandi.
Kuni kecha Sanoat temir yo‘l transport boshqarmasi mehnat jamoasida navbatdagi profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Texnologik ishlab chiqarish jarayonida dispetcherlik boshqaruv xizmatlari muhim o‘rin egallaydi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda kombinat tarkibiy bo‘linmalarida o‘z faoliyatini olib borayotgan dispetcherlik boshqaruv xizmatlarini takomillashtirilishi yuqori mehnat samaradorligini ta'minlab kelmoqda.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Ma'naviyat va ma'rifat kengashi tomonidan OKMKning 75 yilligi hamda 1-oktyabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan 27-sentyabr kuni “Metallurg” MSda “Inson aziz... Ustoz aziz... Ijod aziz...” deb nomlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.