Call-markaz
Ishonch telefoni
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJda ishchi-xodimlar o‘rtasida sog‘lom muhitni mustahkamlash va salbiy illatlarning oldini olishga qaratilgan tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mahalliylashtirish dasturi asosida import mahsulotlarini ishlab chiqarishni o'zlashtirish samarali amalga oshirib kelinmoqda. Ayniqsa, “shatakka olish” mexanizmi orqali mahalliy korxonalar bilan hamkorlikda kombinat texnologik ishlab chiqarish zanjirida muhim ahamiyat kasb etuvchi mahsulotlar ishlab chiqarilishi yo'lga qo'yilmoqda. Bu borada Sanoat temiryo'l transport boshqarmasida ham diqqatga sazovor ishlar olib borilmoqda.
Yozning jazirama kunlarida salqin suv havzalarida hordiq chiqarish nafaqat maroqli dam olish, balki salomatlikni mustahkamlashning ham eng samarali usullaridan biridir. Suv muolajalari tanani chiniqtiradi, jismoniy faollikni oshiradi, issiqning salbiy ta’sirini kamaytiradi hamda kayfiyatni ko‘taradi. Ana shunday zamonaviy va barcha qulayliklarga ega maskanlardan biri — OKMK Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi tasarrufidagi “Delfin” akvabog‘idir.
Bugun mamlakatimizda Prezidentimiz boshchiligida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini yuksaltirish, ularning bilim olishi, kasb-hunar egallashi hamda o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Ayniqsa, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ma’naviyatni yuksaltirish va iste’dodli yoshlarni rag‘batlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar o‘zining samarasini bermoqda.
Bugungi kunda “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan eng yirik investitsiya loyihalaridan biri bo'lgan 3-Mis boyitish fabrikasi mamlakatimiz kon-metallurgiya sanoatini yangi bosqichga olib chiqmoqda.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yoʻnalishlarini bajarish davomida “Olmaliq KMK” AJ jamoasi 2026-yil yanvar-iyun oyilari yakunlari boʻyicha quyidagi tovar mahsulotlar ishlab chiqarish koʻrsatkichlariga erishdi:
Bugungi globallashuv davrida raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash - ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish hamda dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirishni taqozo etmoqda. Xalqaro tajriba almashinuvi, qo‘shma ilmiy loyihalar va akademik mobillik dasturlari esa bu boradagi eng samarali vositalardan biri hisoblanadi.
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ tarkibiy bo‘linmalarida xodimlarni virtual tahdidlardan asrash va ularning huquqiy-moliyaviy savodxonligini oshirish, onlayn qimorbozlikning oldini olishga qaratilgan “Dolzarb 40 kunlik” profilaktik tadbirlari muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
Joriy yilning 9–15-iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda tizim osti korxonalari, jumladan, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ delegatsiyasi tarkibidagi Xotin-qizlar va gender tengligi bo‘yicha maslahat kengashlari raislari Chexiya Respublikasining Praga shahrida bo‘lib o‘tgan o‘quv-amaliy tajriba almashish dasturida ishtirok etishdi.
Joriy yilning 15-iyul kuni Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti Birinchi mintaqaviy hudud 14-sonli jazoni ijro etish koloniyasida «Komplayens va ma’naviy madaniyat oyligi» doirasida davra suhbati tashkil etildi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ishchi-xodimlarning huquqiy va moliyaviy savodxonligini oshirish, onlayn qimorbozlikning oldini olishga qaratilgan “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari davom etmoqda.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligida barcha belgilangan ishlab chiqarish prognozlari bajarishiga erishildi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston rangli metallurgiya sanoatida mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va yangi texnologiyalarni joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
So‘nggi kunlarda mamlakatimizda kuzatilayotgan anomal issiq ob-havo barcha qatori ota-onalarni ham birdek xavotirga solayotgani bor gap. Tabiiyki, “Jazirama kunlarda bog‘chalarda bolalar uchun qanday sharoitlar yaratilgan? Ularning salomatligi va xavfsizligi qanday muhofaza qilinmoqda?” degan savollar ko‘pchilikni o‘ylantirmoqda.
Kuni kecha Qalmoqqir kon boshqarmasidagi profilaktik tadbirda onlayn qimorning salbiy oqibatlari haqida so‘z bordi.