Call-markaz
Ishonch telefoni
Bugun Olmaliq shahar hokimligida kombinatda amalga oshirilayotgan “Yoshlik-1” konini o‘zlashtirish” investitsiyaviy loyihasi doirasida barpo etilishi ko‘zda tutilgan yangi metallurgiya majmuasini qurish bo‘yicha jamoatchilik eshituvi bo‘lib o‘tdi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi sohasida tizimli ravishda kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligiga qaramay, afsuski kombinat ishlab chiqarish jarayonlarida baxtsiz hodisalar sodir bo‘lmoqda.
Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida Ochiqlikni taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholash komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 29-mart kuni Mis boyitish fabrikasida maxsus taktik o‘quv-mashg‘uloti o‘tkazildi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 75 yilligi hamda Navro‘z bayrami munosabati bilan tarkibiy bo‘linmalarda ko‘plab sport musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda.
“Olmaliq KMK” AJ Rux zavodi metallurglari jamoasi O‘zbekiston rangli metallurgiyasining rivojlanishida ko‘plab shon-sharafli sahifalarni yozdi.
Joriy yilning 20-mart kuni Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasida “Yong‘inni bartaraf etish va qutqaruv ishlarini tashkil qilish” mavzusida kompleks-maxsus o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Bugun “inson omilisiz” degan tushunchalar asosida yuqori sifat bilan avtomatlashtirilayotgan sohalardan biri bu sanoat jabhasi deb baralla aytish mumkin.
Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida “Yuqori haroratli keramik mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish” investitsiyaviy loyihasi amalga oshirib kelinmoqda.
“Olmaliq KMK” AJ 2-Mis boyitish fabrikasining mazkur uchastkasi zimmasiga boyitish jarayonlarining chiqindilarini transportirovka qilish, ularni joylashtirish, pulpalarni tiniqlashtirish va aylanma texnik suvlar harakatini tashkil etishdek ma'suliyatli vazifa yuklatilgan.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati va OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan har bir bayram arafasida keksa avlod vakillari hamda mehnat faxriylariga, ijtimoiy himoyaga muhtojlarga e'tibor va g‘amxo‘rlik yaxshi bir an'anaga aylangan.
Joriy yilning 18-mart kuni velosport boʻyicha Oʻzbekiston Milliy Terma Jamoasi va "Tashkent City Women Professional Cycling Team" jamoasi a’zolari trek boʻyicha Hindistonning Dehli shahridagi Osiyo Chempionatida va Gongkongdagi Jahon Kubogida qatnashib, zafarli yutuqlar bilan yurtimizga qaytib kelishdi.
Bugun mamlakatimiz bo‘ylab Navro‘zi olam kezib yuribdi. Shahrimizda ham Navro‘z ayyomi katta tantanalar bilan nishonlandi. Bayram tadbirida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruvi raisi, senator Abdulla Xursanov va Olmaliq shahr hokimi Qobil Xamdamov ishtirok etishdi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati va Olmaliq shahar hokimligi hamkorligida o‘tkazilgan bayram tantanalari karnay-surnay sadolari ostida boshlandi.
Obod yurtning fayzi, tarovati o‘zgacha bo‘ladi. Zotan, ozodalik, poklik, saranjom va sarishtalik yurtimizning yanada ko‘rkam bo‘lishiga zamin yaratadi. Bunda xalqimizning yillar davomida shakllangan ezgu qadriyati – hashar muhim o‘rin tutadi. 16-18 mart kunlari butun mamlakatimiz bo‘ylab umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
Rivojlanayotgan davlatlarda innovatsion texnologiyalarga asoslangan, energiya tejamkor, ekologik xavfsiz ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish jahon bozoriga raqobatbardosh mahsulot yetkazib berishning asosi sanaladi.