Call-markaz
Ishonch telefoni
Joriy yilning 28-oktabr kuni 2-Mis boyitish fabrikasia “Favqulodda vaziyat yuz berganda fuqaro muhofazasi xizmatlari va tuzilmalarini safarbar etish va o‘zaro harakatlanishlar tartiblari” mavzusida maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Ayni davrga kelib respublikamizda ishlayotgan konchilik korxonalari - Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli Muruntau, Qorakutan, Zarmitan, Marjonbuloq va “Olmaliq KMK” AJga tasarufidagi Angren kon boshqarmasining Ko‘chbuloq, Qizil-olma, Samg‘uron, Qalmoqqir, Xondiza, Kovuldi va boshqa konlari mamlakatimiz iqtisodiyotining asosini tashkil etadi.
Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi mutaxassislari, bo‘lim va sex boshliqlari ishtirokida korupsiyaga qarshi kurash, kiberxavfsizlik - huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi.
OKMK rahbariyati tomonidan har doim ishchi-xodimlar manfaatiga e'tibor qaratilib, ularga munosib shart-sharoitlar yaratib kelinmoqda.
Bugun “Metallurg” MSda “Avtomobil transporti xodimlari kuni” munosabati bilan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining avtomobil transport sohasi vakillari bayram tadbiri tashkil etildi.
Joriy yilning 27-oktabr kuni OKMK Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi yoshlar ittifoqi va Kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan hamkorlikda Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi tarkibiy bo‘linmalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar bilan 34-MTTda "Ota-onaga izzat va hurmat, oilaga sadoqat va g‘amxo‘rlik inson ma'naviyatining yuksak ifodasi" mavzusida Ramazoni sharif jom’e masjidi imom hatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi Iroda Nazirqulova bilan davra suhbati o‘tkazildi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida boshqaruv va texnologik ishlab chiqarish jarayonlariga raqamlashtirishning keng joriy etilishi natijasida ishchi-xodimlarga qator qulayliklar yaratilmoqda.
Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va tatbiq etish texnologik markazi “Olmaliq KMK” AJda innovatsion salohiyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan qulay shart-sharoitlarni yaratishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish, ilmiy-innovatsion faoliyatni rivojlantirish va uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiruvchi muhim bo‘g‘inga aylanib bormoqda.
Hozirgi kunga kelib yiliga 4,7 million tonna ruda va toshqol xom ashyosini qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan "Olmaliq KMK" AJ 2-Mis boyitish fabrikasidagi ish manzarasi mana shunday namoyon bo‘ladi.
Bugun, 27 - oktyabr kuni «SO‘Z» xalqaro forumi doirasida Toshkent shahridagi «International hotel» mehmonxonasida «Ма’no va mazmun» nomli ilmiy-amaliy anjumani bo’lib o’tdi.
Joriy yilning 26-oktabr kuni OKMK boshqaruvi raisining raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari Abdulla Azizov Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasida raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Joriy yilning 26-oktabr kuni OKMK xodimlari kasaba uyushmasi kengashi tasarrufidagi xotin-qizlar komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
2022-yil 24-oktabr kuni, Sherobod sement zavodi idoraviy yong‘in xavfsizligi xizmati hodimlari uchun favqulodda yig‘in signali bo‘yicha yong‘in o‘chirish amaliy taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.
Angren kon boshqarmasi “Olmaliq KMK” AJning boyitilgan konsentralarni olishga asoslangan kon qazib olish va rudalarni qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan eng yetakchi korxonalaridan biri hisoblanadi.
Joriy yilning 20-oktabr kuni Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi majlislar zalida “Diniy ekstremizm, terrorizm va diniy aqidaparastlikka qarshi kurash” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.