Call-markaz
Ishonch telefoni
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyati tomonidan har doim ishchi-xodimlar manfaatlari ustuvor vazifa bo‘lib kelgan. Xususan, ishchi-xodimlar uchun yana bir qulaylik yaratildi.
OKMKning 2023-yil 14-noyabrdagi “Yong‘in xavfsizligi oyligini o‘tkazish” to‘g‘risidagi 3210-sonli farmoyish talablari ijrosini ta'minlash maqsadida Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi ishchi-xodimlari o‘rtasida yong‘in xavfsizligi profilaktikasi bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.
“Olmaliq KMK” AJ Mis eritish zavodining eng keksa sexlaridan biri bo‘lgan Misni elektroliz qilish sexining birinchi navbatini qurish ishlari 1964-yilning sentyabrida yakuniga yetkazildi, keyingi yil boshida esa sexning ikkinchi navbati ham foydalanishga topshirildi.
Kuni kecha Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasi tomonidan “Yoshlik-1 konini o‘zlashtirish” investitsiyaviy loyihasi doirasida “Qalmoqqir” konidagi mavjud uch izli temiryo‘lni qayta qurish ishlari yakunlandi.
Ayni kunlarda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati homiyligida “Mehr-muruvvat kunlari” o‘tkazilmoqda.
Bugun “Metallurg” MSda “9-dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida “Korrupsiyani faqatgina birgalikda yenga olamiz” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Ma'lumki, “Olmaliq KMK” AJning “Yoshlik I” konini o‘zlashtirish mega loyihasi ijrosi ayni kunlarda o‘zining eng qizg‘in pallasiga kirgan.
Olmaliqdagi ilk kadmiy olinganiga roppa rosa 53 yil bo‘ldi. 1970-yilning kuz kunlarida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining Rux zavodida dastlabki kadmiy olingani o‘sha paytda katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi.
Bugun OKMK sport majmuasida gandbol bo‘yicha oliy liga jamoalari o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatining bu yilgi mavsumi yakunlariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Kuni kecha 1-dekabr - OITSga qarshi kurashish hamda 3-dekabr - Xalqaro Nogironlar kuni munosabati bilan OKMKda “Mehr-muruvvat kunlari”ni o‘tkazish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumki ayni kunlarda mamlakatimiz bo‘ylb “Yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tkazilmoqda. Oylik doirasida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibiy bo‘linmalarida turli xil profilaktik tadbirlar, o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazib kelinayapti.
Korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, huddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish.
Ayni kunlarda Janubiy Koreyaning Kyondju shahrida APMA-2023 Osiyo kukun metallurgiyasi bo‘yicha 6-xalqaro konferensiyasi va ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. 27-noyabrda o‘z ishini boshlagan mazkur nufuzli tadbirda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining olimlari va mutaxassislari ham ishtirok etishayapti.
Mashqda g‘olib bo‘lgan jangda yengilmaydi deyishadi. Haqiqatan mashqdagi har qanday qiyinchilik kishini toblashi aniq. Ayni mana shu mezon favqulodda vaziyatlardagi ogohlikni oshirishda juda muhim.
Sir emas, shiddat bilan rivojlanib borayotgan texnika asrida sanoat korxonalarida tobora takomillashib borayotgan texnologik uskunalarni ishlatishni o‘zlashtirish talab etiladi.