Call-markaz
Ishonch telefoni
Har qanday inson ulug‘ manzil qarshisida turar ekan, bu yo‘l oson va samarali kechishini birinchi navbatda orzu qiladi. Bunga erishishda esa shu sohaning yetuk mutaxassislari - murabbiylari kishining eng yaqin ko‘makchisiga aylanadi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan amalga oshirilayotgan megaloyiha sifatida e'tirof etilayotgan “Yoshlik-1 konini o‘zlashtirish” investitsiya loyihasi doirasida, mazkur kon va 3-mis boyitish fabrikasiga tashqi elektr ta'minoti obyektlarini qurish uchun tanlov o‘tkazilib, “O’zelektroapparat-Electroshield” kompaniyasi bilan shartnoma imzolandi. Ayni kunlarda MDH davlatlarida yagona, kuchlanish sinfi 500/110 kV bo‘lgan 1-raqamli iste’mol nimstansiyasini qurilish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil “Mis sanoati klasteri uchun kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda sohada tajriba-konstruktorlik va ilmiy izlanishlar ko‘lamini kengaytirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida belgilanganidek, bugun mamlakatimizda kon-metallurgiya sanoati va unga bog‘liq sohalarni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar olib borilmoqda.
Joriy yilning 4-oktabr kuni “Raqamli O‘zbekiston–2030" Konsepsiyasi doirasida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” va “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyatlarida amalga oshirilgan loyihalar bilan tanishish bo‘yicha amaliy seminar tashkil etildi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan joriy yilning 9 oyida 772 529 000 dollarlik mahsulotlar eksport qilinib, reja 125,4%ga bajarildi
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ilm fan va ishlab chiqarish integratsiyasining samarali mexanizmi yo‘lga qo‘yilgan.
2022-yil 3-oktabr kuni “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisi A.Xursanov “Davlat tili bayrami kunini nishonlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi buyruqqa imzo chekdi.
Xabaringiz bor, OKMK boshqaruvi raisi A.Xursanovning joriy yilning 31 avgustdagi buyrug‘iga ko‘ra, kombinat tarkibiy bo‘linmalarida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi tomonidan 2022-yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, barcha ishlab chiqarish vazifalari bajarilishiga erishildi.
“Inson qadri uchun” tamoyili asosida faoliyat yuritib kelayotgan OKMKda ishchi-xodimlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning salomatligi haqida qayg‘urish an'anaga aylangan.
1 oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bugun “Bahor” restoranida tantanali marosim tashkil etildi.
“Olmaliq KMK AJ” da “Ustoz va shogird” an'analarini rivojlantirish orqali kelgusida malakali mutaxassis kadrlar zahirasini shaklantirish, yoshlarning kasbga oid bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish, ularni ustozlariga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida 1 oktabr - “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan kombinat tarkibiy bo‘linmalari ishchi-xodimlari o‘rtasida “Eng yaxshi ustoz-shogird-2022” tanlovi o‘tkazildi.
Mamlakatimizdagi eng keksa konchilik korxonalaridan biri hisoblanuvchi Angren kon boshqarmasining so‘nggi o‘n yilliklardagi tarixiga nazar tashlar ekanmiz, boshqarmada oltin tarkibli yangi ma'dan konlarini ochish va o‘zlashtirish ishlari istiqbolli asoslarga qurilayotganiga guvoh bo‘lamiz.
Avval xabar berilganidek “Yoshlik-1 konini o‘zlashtirish” investitsiyaviy loyihasi asosida Markaziy ta'mirlash mexanika zavodiga zamonaviy texnologik uskunalar olib kelindi.
Avval xabar berganimizdek, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan qo‘llab-quvvatlanib kelinayotgan yosh sportchi Munisa Ashurbekova tennis bo‘yicha joriy yilning 19-25 sentyabr kunlari Quvayt davlatida o‘tkazilgan xalqaro turnirda mutlaq g‘alaba qozondi.