Call-markaz
Ishonch telefoni
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Mis sanoati klasterini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan qarorining yo‘l xaritasiga ko‘ra, mis sanoati klasteriga aloqador bo‘lgan mutaxassislar xorij va mahalliy turdosh korxonalarda amaliyot o‘tashi belgilangan.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning eksport geografiyasi yildan yilga kengayib bormoqda.
Ayni kunlarda ro‘yi zamin sayqali Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan "Inson manfaatlarini iqtisodiy islohotlarning bosh mazmuniga aylantirish" mavzusidagi II O‘zbekiston iqtisodiy forumida “Olmaliq KMK” AJ hamda qator kompaniya va banklar o‘rtasida shartnomalar imzolandi.
Xabaringiz bor, OKMK boshqaruvi raisining 2022-yil 31-avgustdagi 1037-sonli buyrug‘iga muvofiq tuzilgan ishchi guruh tomonidan Portlatish materiallari zavodida ijtimoiy va ma'naviy-ma'rifiy muhit, yoshlar muammolari hamda turli ko‘rinishdagi jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi o‘rganilgan edi.
Xabaringiz bor, kecha poytaxtimizda IV UIMF - Uzbekistan International Mining & Metals Forum 2022 - IV O‘zbekiston xalqaro kon-metallurgiya Forumi o‘z ishini boshladi.
Ilk avtomobillar kashf etilganda ularni harakatlantirish uchun ko‘mir va o‘tin kerak bo‘lgan, ularni yoqib avtomobilni harakatga keltirgan odam “chauffeur” ya'ni, “o‘t yoquvchi” deyilgan.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi tomonidan 2022-yilning o‘tgan 10 oyi davomida yuqori mehnat marralari zabt etilganini alohida e'tirof etish lozim.
Joriy yilning 25-oktyabr kuni 2-Mis boyitish fabrikasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan navbatdagi tadbirda huquqbuzarliklarning oldini olish va milliy mentalitetimizga yot g‘oyalarning ommalashishiga qarshi kurashish borasida fikr yuritildi.
Kecha Germaniya Federal tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok xonim hamda Germaniya davlatining bir qator kompaniyalari vakillari Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tashrif buyurishdi.
Joriy yilning 28-oktabr kuni 2-Mis boyitish fabrikasia “Favqulodda vaziyat yuz berganda fuqaro muhofazasi xizmatlari va tuzilmalarini safarbar etish va o‘zaro harakatlanishlar tartiblari” mavzusida maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Ayni davrga kelib respublikamizda ishlayotgan konchilik korxonalari - Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli Muruntau, Qorakutan, Zarmitan, Marjonbuloq va “Olmaliq KMK” AJga tasarufidagi Angren kon boshqarmasining Ko‘chbuloq, Qizil-olma, Samg‘uron, Qalmoqqir, Xondiza, Kovuldi va boshqa konlari mamlakatimiz iqtisodiyotining asosini tashkil etadi.
Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi mutaxassislari, bo‘lim va sex boshliqlari ishtirokida korupsiyaga qarshi kurash, kiberxavfsizlik - huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi.
OKMK rahbariyati tomonidan har doim ishchi-xodimlar manfaatiga e'tibor qaratilib, ularga munosib shart-sharoitlar yaratib kelinmoqda.
Bugun “Metallurg” MSda “Avtomobil transporti xodimlari kuni” munosabati bilan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining avtomobil transport sohasi vakillari bayram tadbiri tashkil etildi.
Joriy yilning 27-oktabr kuni OKMK Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi yoshlar ittifoqi va Kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan hamkorlikda Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi tarkibiy bo‘linmalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar bilan 34-MTTda "Ota-onaga izzat va hurmat, oilaga sadoqat va g‘amxo‘rlik inson ma'naviyatining yuksak ifodasi" mavzusida Ramazoni sharif jom’e masjidi imom hatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi Iroda Nazirqulova bilan davra suhbati o‘tkazildi.