Call-markaz
Ishonch telefoni
2022-yilning yanvar-fevral holatiga ko‘ra, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan mahsulotlar eksporti borasida salmoqli natijaga erishildi.
Joriy yilning 2-3-mart kunlari Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali bitiruvchi talabalari uchun “Karyera kuni” tashkil etildi.
Prezidentimiz farmoni bilan «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining «Yoshlik-1» koni direksiya yetakchi muhandisi Olimova Rano Yuldashvayevna «Shuhrat» medali bilan mukofotlangan edi.
Bugun “Metallurg” madaniyat saroyida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan kombinatda mehnat qiluvchi ayollar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi hamda OKMK hamkorligida 8-mart – xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan kombinat tarkibiy bo‘linmalarida mehnat qiluvchi ayollar o‘rtasida turnir tashkil etildi.
2022-yil 4-mart kuni Ijtimoiy ob'yektlar boshqarmasi bo‘linma, muassasa va korxona ishchi-xodimlari o‘rtasida 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Ayol borki olam munavvar” shiori ostida “Ibratli qaynona” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
2022-yil 3-mart kuni Angren shahridagi “Afsona” tantanalar majmuasida “Olmaliq KMK” AJ xotin-qizlar o‘rtasida ma'naviy-ma'rifiy va etika-estetika targ‘ibotni rivojlantirish maqsadida “Olamni mehrga to‘ldirgan ayol” deb nomlangan tadbir tashkil etildi.
2022-yilning 2-mart kuni “Metallurg” madaniyat saroyida OKMK rahbariyati hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti professor olimlari o‘rtasida davra suhbati tashkil etildi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan 2022-yil yanvar-fevral holatiga ko‘ra, yuqori ishlab chiqarish samaradorligi qayd etildi.
Angren kon boshqarmasining “Qizil olma” koni, “Samarchuq” uchastkasi, kombinatning investitsiya dasturi doirasidagi yirik loyihalaridan biri sanaladi. “Samarchuq” uchastkasida yerosti konini qurish loyihasiga 2016-yildan start berilgan.
OKMK mutaxassislari Andijon mexanika zavodi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda birinchi marotaba 15-1482 modelidagi ixtisoslashtirilgan yuk vagonining yangi turini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishdi.
Sanoat korxonalarida ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish yuqori samaradorlikka erishishni ta'minlaydi.
Joriy yilning 28-fevral kuni OKMK Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasiga Janubiy Koreya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Shimoliy iqtisodiy hamkorlik qo‘mitasi raisi Pak Chon Su boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif buyurdi.
Joriy yilning 25-fevral kuni OKMK Portlatish materiallari zavodida taktik-maxsus o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
Kuni kecha OKMK Jizzax sement zavodida “FVDT hududiy quyi tizimlarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlari” mavzusidagi qo‘mondonlik – shtab o‘quv mashqlari bo‘lib o‘tdi.