Ishonch telefoni
Har yilning 9-fevrali mamlakatimizda ma'naviyat, adabiyot, madaniyat va san'at bayrami sifatida keng nishonlanadi. Chunki buyuk inson, ulug‘ mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Mir Alisher Navoiy o‘zbek tili va adabiyotiga asos solibgina qolmay, milliy ma'naviyatimizning yuksalishiga, o‘zbek madaniyatining taraqqiy etishiga, mumtoz san'at asarlarining yaratilishiga beqiyos hissa qo‘shgan.
Bugun Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasining “Temiryo‘lchilar” madaniyat saroyida buyuk ajdodlarimiz Mir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud ayyomi munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
OKMK Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan 7-8 fevral kunlari boshqarmadagi 35 yoshgacha bo'lgan yoshlar ishtirokida Аlisher Navoiyning tavallud kuniga bag'ishlab onlayn tarzda "Tafakkur sohiblari" nomli bilimdonlar tanlovi bo'lib o'tdi.