Ishonch telefoni
“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi tomonidan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining uzoq muddatli kredit reyting ko‘rsatkichini “BB-” BARQAROR darajasida tasdiqladi”
Joriy yilning 5-iyul kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Xotin-qizlar va gender tenglik bo‘yicha Maslahat kengashining 2024-yil 1-yarim yilligi yakunlariga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Bilamizki, mamlakatimizning turli hududlarida bolalar va o'smirlar futbolini rivojlantirish va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish hamda yosh sportchilarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida keng miqyosda musobaqalar o'tkazilib kelinadi.
Ma’lumki, deputatlik xalqning katta ishonchi va mas’uliyat. Ammo deputatlik kasb emas, mansab emas va uning alohida maktabi yo‘q. Deputatlar turli sohalarda mehnat faoliyatini olib borayotgan, ma’lum hududdan saylangan xalq vakili bo‘lib, saylovchilari nomidan davlat hokimiyat organlariga masala va muammolarni yetkazadi, dastur va qarorlar qabul qilish jarayonida faol qatnashadi.
...Bugun dunyoda tahlikali vaziyatlarni kuzata turib, turli xil yot g‘oyalarga berilmaslik, ularni ta'siriga tushib qolmaslik dolzarb masala sanaladi. Ayniqsa, islom dini niqobi ostida hali hayotning achchiq-chuchigini tatib ko‘rmagan g‘o‘r yoshlarni o‘z domiga ilintirishga harakat qilayotgan terrorchilik guruhlariningi xurujiga doimo tayyor turish, yoshlarimizni ulardan asrab-avaylash muhim ahamiyat kasb etadi.
“Olmaliq KMK” AJ konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirish boʻyicha “Yoshlik-1 konini oʻzlashtirish” investitsiyaviy loyihasining 1-bosqichini amalga oshirish doirasida ayni paytda 3-Mis boyitish fabrikasi qurilishi bilan parallel ravishda jihozlarini oʻrnatish ishlari olib borilmoqda.
Kunlar isishi bilan yurtimizda o‘tkir ichak kasalliklari bilan og‘riganlar ko‘paya boshlaydi. Ushbu kasallika chalinmaslik uchun nimalarga e'tibor berish lozim? Kasallikning kelib chiqishi sabablari hamda profilaktikasi bo‘yicha Tibbiy sanitar qism yuqumli kasalliklar shifokori Gulnora Abdumavlonova batafsil ma'lumot beradi.
2024-yilning 1-yarim yilligida Olmaliq kon-metallurigya kombinati tomonidan mahsulotlar eksporti bo‘yicha belgilangan barcha prognozlar bajarlishiga erishildi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi joriy yilning birinchi yarim yilligi bo‘yicha barcha ishlab chiqarish prognozlarini bajarishga muvaffaq bo‘lishdi.
Ma'lumki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda energiyaning qayta tiklanadigan ekologik toza manbalari — quyosh va shamol quvvatidan foydalanishga katta e'tibor qaratib kelinmoqda.
Kuni kecha OKMK xodimlar bilan ishlash bo‘yicha xizmat, O‘quv markazi, muhandislik maktabi, Olmaliq kon-metallurgiya kolleji, Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali mas'ullari hamda Germaniyaning “German industry and Commerce” kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 28-iyun kuni “Metallurg” MSda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan suratga olingan “Bahodir Yalangto‘sh” tarixiy-badiiy filmining prem’yerasi bo‘lib o‘tdi.
2024-yil 28-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va 2024-yilga mo‘ljallangan Davlat dasturida belgilangan maqsad va vazifalar mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisi Abdulla Xursanovning 2024-yil 21-iyun kunidagi “Olmaliq KMK” AJda ISO 37001:2016 “Pora olish-berish bilan kurashish menedjmenti tizimlari. Foydalanish bo‘yicha talablar va qo‘llanma” xalqaro standarti talablariga muvofiq kombinat ijro apparati hamda tarkibiy bo‘linmalarini sertifikatlashtirishga tayyorlash to‘g‘risida”gi buyrug‘ining ijrosini ta'minlash maqsadida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirilishi belgilangan.
Joriy yilning 25-iyun kuni Geologiya fanlari universitetida "Geologiya, tog‘-kon sanoati, metallurgiya sohasini ommaviy axborot vositalarida yoritishda yangicha yondashuv, o‘zaro hamkorlik, kommunikatsiyalar, tezkor axborot almashish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.