Call-markaz
Ishonch telefoni
OKMK Neft mahsulotlari ta’minoti boshqarmasi tasarrufidagi 21-avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida yonilg‘i mahsulotlari bilan ishlashda xavfsizlik va texnika xavfsizligi talablari o‘rganildi. Ushbu o‘rganishlar davomida AYOQSh hududida favqulodda vaziyatlar, yong‘inlar va baxtsiz hodisalarning oldini olishga qaratilgan qat’iy qoidalar hamda me’yorlarga amal qilinishi lozimligi ta’kidlandi.
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJda ishchi-xodimlar o‘rtasida sog‘lom muhitni mustahkamlash va salbiy illatlarning oldini olishga qaratilgan tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda. Xususan, kombinatda onlayn qimorbozlik va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish maqsadida e’lon qilingan “Dolzarb 40 kunlik” chora-tadbirlar rejasi doirasida navbatdagi profilaktik tadbir joriy yilning 26-avgust kuni “Xonjiza” kon boshqarmasida tashkil etildi.
Ayni kunlarda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihalari doirasida «Yoshlik 1» koni hududida muhim sanoat infratuzilmasi obyektining qurilishi faol davom etmoqda.
“Olmaliq KMK”AJ Markaziy apparati boʻlinmalari hamda barcha tarkibiy korxonalarda korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarini amalga oshirish taʻminlandi.
3-Mis boyitish fabrikasining texnologik zanjirida muhim o'rin tutuvchi yangi tahliliy laboratoriya binosi qurilishi yakuniy pallaga kirdi. Fabrikaning flotatsiya korpusi yaqinida qad rostlagan ikki qavatli zamonaviy majmuada ayni kunlarda muhandislik kommunikasiyalarini tekshirish, ventilyatsiya tizimlari va elektr tarmoqlarini sozlash hamda xonalarga mustahkam metall eshiklarni o'rnatish ishlari jadal olib borilmoqda.
Inson qadri ulug‘langan yurtimizda har bir qalbga ayyom shukuhini ulashmoqlik bugungi kunda davlatimiz siyosatining eng muhim mezoniga aylandi.
Jumladan kuni kecha Issiqlik elektr markazida yurtimiz mustaqilligining 35 yillik bayrami yuqori saviyada nishonlandi. Ushbu qutlug sana munosabati bilan sohada uzoq yillar davomida samarali mehnat qilgan faxriylar, ilg'or ishchilar-xodimlar tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan barcha davlat va jamoat tashkilotlari, yirik sanoat korxonalari hamda muassasalarda bayramona tadbirlar, uchrashuvlar va taqdirlash marosimlari yuqori ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri joriy yilning 27-avgust kuni “Metallurg” madaniyat saroyida ham bo‘lib o‘tdi.
“Har bir relsda bir yo‘l, har bir yo‘lda bir taqdir, har bir taqdirda esa mehnatning izi bor”. Temir yo‘lning o‘z tili bor. U — relslarga urilayotgan g‘ildiraklar sadosi, elektrovozning vazmin guvillashi, tong saharda ishga otlangan insonlarning qadam tovushi...
Istiqlol bizga o'z taqdirimizni o'zimiz belgilash, milliy sanoatimiz qudratini yuksaltirish va kelajak uchun mas'uliyatni o'z zimmamizga olish imkoniyatini berdi. Bugun zavodimiz Mustaqillik ayyomini munosib mehnat zafarlari, yangilangan ishlab chiqarish quvvatlari va yirik strategik loyihalar bilan kutib olmoqda.
Kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yuksak davlat mukofotlariga sazovor boʻlgan bir guruh vatandoshlarimizni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Payvandchining ishida olov ham, uchqun ham bor. Ammo yillar davomida kasbiga sadoqat bilan mehnat qilgan inson qo‘lidagi olov faqat metallni emas, uning o‘zidagi matonat va mahoratni ham toblaydi.
Mini-futbol — jismoniy chiniqish, chaqqonlik va jamoaviy hamjihatlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi sport turlaridan biridir. 1930-yilda Urugvayda ilk bor tashkil etilgan ushbu o‘yin qisqa fursatda dunyo miqyosida ommalashib, bugungi kunda turli kasb va soha vakillari orasida sevimli bellashuvlardan biriga aylangan.
Bugun go'zal va betakror Vatanimizda istiqlol shukuhi kezmoqda. Xalqimizning eng ulug', eng aziz bayrami — O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi to'yonasi mamlakatimiz bo'ylab “Yagona Vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan olijanob shior ostida ko'tarinkilik bilan keng nishonlanmoqda.
Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Mis boyitish fabrikasi Ta’mir-mexanika bo‘limi tokari Nasiba Atabayevaning “Shuhrat” medali bilan taqdirlanishi fidoiylik uchun yuksak ehtiromdir.