Ishonch telefoni
OKMK rahbariyati hamda kombinati xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tashabbusi bilan nafaqadagi mehnat faxriylari uchun “Keksalarni ardoqlagan yurt” shiori ostida Toshkent viloyati va poytaxtimizga bepul sayohat tashkil etildi.
"O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati bilan "Olmaliq KMK" AJ Rux zavodi sexlarida kuydiruvchi sifatida mehnat qilayotgan kasb egalari o‘rtasida “O‘z kasbining mohir ustasi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
"Olmaliq KMK" AJ O‘quv markazida Ijro apparati kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuniga bag‘ishlangan "Men liderman" deb nomlangan ko‘rik-tanlov tashkil etildi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati O‘zbekiston iqtisodiyotining muhim bir bosqichida turuvchi sanoat korxonasidir. “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv Kengashi ma'muriyati hamda OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi har besh yilda bir marta ko‘rib chiqib tasdiqlanuvchi Jamoa shartnomasi asosida hamjihatlikda faoliyat olib boradi.
Har bir bayram arafasida OKMK rahbariyati va kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tashabbusi bilan bir qator xayrli ishlar amalga oshirib kelinadi. Jumladan, 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan OKMK xodimlar kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan 163 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj pensionerlarga, 35 nafar boquvchisini yo‘qotgan oilalarga oziq-ovqat jamlanmalari tuhfa etildi.
OKMK Ijtimoiy ob'yektlar boshqarmasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi ish rejasiga muvofiq, boshqarma ishchi-xodimlari o‘rtasida shashka bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Dam olish kunlarini kombinat ishchi-xodimlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari hamda 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan OKMK rahbariyati va kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan “Metallurg” MSda tashkil etilgan “Xazon bo‘lgan umr” spektakli barchada katta taassurot qoldirdi.
28 aprel - Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan 22 aprel kuni "Olmaliq KMK" AJ o‘quv markazida Texnik nazorat xizmati xodimlari o‘rtasida "Eng yaxshi mehnat muhofazasi yo‘riqchisi" ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
OKMK Mis eritish zavodida mehnat qilayotgan xotin-qizlar o‘rtasida “MEZ malikasi” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.
OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi jismoniy tarbiya-sport bo‘limi tomonidan tashkil etilgan an'anaviy “Spartakiada-2022” sport musobaqasi qizg‘in pallaga kirdi.
OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha komissiyasi tomonidan 2022-yil 6-aprel kuni “Metallurg” MSda “Kombinat go‘zali-2022” ko‘rik-tanlovining yakuniy final bosqichi o‘tkazildi.
“Olmaliq KMK" AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha komissiyasi tashabbusi bilan kombinat yosh ishchi-xodimlari, ishchi-xodimlarning farzandlari va shahrimizdagi iqtidorli yoshlari o‘rtasida "Olmaliq yosh iste'dodlari" ko‘rik-tanlovi kasting shaklida bo‘lib o‘tdi.
OKMK Sanoat temiryo‘l transporti boshqarmasining “Temiryo‘lchilar” madaniyat markazida “Bahor malikasi” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.
Milliy qadriyatlarni shakllantiradigan asosiy mezonlar millatning tarixi, urf-odati, an'anasi, hayotiy qadriyatlari bilan birga ma'naviy merosi, madaniy boyliklari va qo‘hna tarixiy yodgorliklaridir.
2022-yil 23-mart kuni OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining madaniyat va ma'rifat masalalari bo‘yicha komissiyasi tomonidan “Xush kelibsan Navro‘zi olam!” shiori osti xalq milliy o‘yinlari festivali tashkil etildi.