Ishonch telefoni
Bugun OKMKda ilk bor “Tukket” raqamli transformator podstansiyasi foydalanishga topshirildi. Ushbu obyektning topshirilishi energetiklar kuniga munosib sovg‘a bo‘ldi.
Xabaringiz bor, joriy yilning 12-15 dekabr kunlari poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar markazida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Toshkent shahar hokimligi hamda Raqamli transformatsiya markazi hamkorligida Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi tashkil etildi.
Ma'lumki, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ko‘plab nufuzli oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik qilib keladi.
Mana, yangi yil bayrami ham yaqinlashib kelmoqda. Ushbu bayramdan har bir inson yaxshilik axtaradi, yaxshi niyatlar qiladi. Ayniqsa, bolajonlar mo‘jizalar kutishadi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati hamda kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi ham Yangi yil bayrami sovg‘alari bilan bolajonlarga quvonch ulashishmoqda.
Kuni kecha Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish birlashmasida azot, oltingugurt kislotasi, ammiak suvi hamda kalsiylantirilgan sodalarni saqlash ombori foydalanishga topshirildi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida energiya resurslarini tejash bo‘yicha samarali ishlar olib borilmoqda.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining asosiy tarkibiy bo‘linmalaridan biri bo‘lgan Mis boyitish fabrikasining 1-sonli Maydalash sexi hamda Yanchish va flotatsiyalash sexining 1- va 2- sonli uchastkalari o‘z oldilariga qo‘yilgan yillik rejaviy ko‘rsatkichlarni muddatidan avval bajarishga erishishdi.
Kombinat tarkibiy bo‘linmalarida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarning salomatligini himoya qilish bo‘yicha doimiy ravishda davriy tibbiy ko‘riklar tashkil etib kelinadi.
Bugun OKMK Ijro apparatida amalga oshirilgan ishlar va kelgusida bajariladigan vazifalar yuzasidan navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
2-Mis boyitish fabrikasi mehnat jamoasi ham barcha yo‘nalishlar bo‘yicha 2023-yil uchun belgilangan prognozlarni muddatidan avval bajarishga muvaffaq bo‘lishdi.
OKMK Sanoat temiryo‘l transporti boshqarmasining 4-Temiryo‘l sexi jamoasi zimmasiga temir yo‘llar, sun'iy inshootlarning kapital qurilishi va ularni saqlab borish, turli o‘lchamlardagi shag‘a l va qumlar ishlab chiqarish hamda ta'mir ishlarini olib borish vazifasi yuklatilgan.
Bugun Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining Mis eritish zavodi o‘zining 60 yilligini nishonlamoqda.
Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi mehnat jamoasi 2023-yil 11 oy davomida yuqori mehnat samaradorligiga erishdilar.
Ma'lumki, 2030-yilgacha kombinatni rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlanib, amalga oshirilmoqda. Ushbu konsepsiya doirasida ““Yoshlik-1” konini” o‘zlashtirish investitsiya loyihasi amalga oshirilib, ushbu megaloyiha doirasida 3-Mis boyitish fabrikasini qurish ishlari jadal sur'atlarda davom etayapti.
Dunyo mamlakatlarida sanoatning rivojlanishi, aholi sonining ortib borishi, iqtisodiyotning jadal o‘sishi energiya resurslariga bo‘lgan ehtiyoj va talabning oshishiga sabab bo‘lmoqda.