Ishonch telefoni
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining asosiy tarkibiy bo‘linmalaridan sanalgan Rux zavodidagi texnologik ishlab chiqarish jarayoniga Energetika sexi mas'ul desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
“Olmaliq KMK” AJ konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha “Yoshlik I” konini o‘zlashtirish” investitsiya loyihasining 1-bosqichini amalga oshirish doirasida ayni paytda 3-Mis boyitish fabrikasi qurilishi bilan parallel ravishda uskunalarni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
Ayni kunlarda mamlakatimizda “O‘zbekistonda Germaniya iqtisodiyoti kunlari” konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Konferensiya doirasida bugun Germaniyaning savdo sanoat palatasi tashqi savdo bo‘yicha bosh ijrochi direktori, boshqaruv kengashi a'zosi Folker Trayer boshchiligidagi delegatsiya Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tashrif buyurdi.
Rangli va qora metallarni qazib olish bo‘yicha yer osti kon ob'yektlarining qurilishi bilan bog‘liq bo‘lgan investitsion loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirish hamda xom ashyo bazasini oshirishni ta'minlash maqsadida bundan roppa-rossa o‘n yil oldin tashkil etilgan “Olmaliq KMK” AJ Shaxta qurilish boshqarmasi o‘z faoliyatining ilk yillaridan boshlab hozirgi kungacha investisiyaviy dasturlarning asosiy ijrochisi sifatida nom qozonib kelmoqda.
Kuni kecha OKMK Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish boʻyicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi molibden yarim tayyor mahsulotlari pirometallurgiya sexi ishchi-xodimlari o‘rtasida kiberxavfsizlik va jinoyatchiliklarga qarshi kurashish bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Joriy yilning 6-sentyabr kuni esa Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) vakillari OKMKda bo‘lishdi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mahalilylashtirish dasturi samarali amalga oshirib kelinmoqda.
Joriy yilning 8-10 sentyabr kunlari poytaxtimiz Toshkent shahrida sportning jangovar turlaridan sanalgan Shotokan karate-do turi bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 8-sentyabr kuni “Aholi va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni va “Olmaliq KMK” AJ ning 2023-yil 25-yanvar sanasidagi № 0087-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida Qalmoqqir kon boshqarmasiga qarashli “Yoshlik-1” koni Shimoliy-G‘arbiy Baliqti karyerida “Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda FM tuzilmalari va FVDT quyi tizimining harakati” mavzusida maxsus taktik o‘quv-mashg‘uloti o‘tkazildi.
O‘quv markazi tomonidan “Olmaliq KMK” AJ ishchi-xodimlari, raxbarlar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha 2023-yil avgust oyida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Mamlakatimiz hamda Janubiy Koreya davlati bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari yildan-yilga mustahkamlanib borilmoqda.
Joriy yilning 5-sentyabr kuni OKMK Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida xizmat olib borayotgan Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmatining 9-komanda 1-guruh shaxsiy tarkibi xodimlari o‘rtasida huquqbuzarlik profilaktikasi tadbiri o‘tkazildi.
Joriy yilning 8 oyida yuqori mehnat marralarini zabt etgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi mahsulotlar eksporti yo‘nalishida ham barcha rejalarning bajarilishini ta'minlashdi.
Mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligiga Olmaliq shahar aholisiga OKMK tomonidan yana bir ajoyib tuhfa taqdim etildi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi tomonidan 2023-yilning 8 oyi davomida barcha ishlab chiqarish rejalari bajarildi.