Call-markaz
Ishonch telefoni
“Olmaliq KMK” AJ korxonalarining mehnat jamoalari oʻrtasida 7-oktyabr – “Butunjahon munosib mehnat kuni” ga bagʻishlab “Munosib mehnat - munosib hayot asosidir!” mavzusida uchrashuv, seminar, davra suhbatlari o’tkazildi.
Mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi hamda OKMK tashkil topganligining 75 yilligi munosabati bilan Angren kon boshqarmasi shaxtalarida mehnat qiluvchi chiroqchilar o‘rtasida “Eng yaxshi chiroqchi” kasb mahorati tanlovi o‘tkazildi.
Mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi hamda OKMKning 75 yillik yubileyiga bagʻishlab Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi tarkibiy boʻlinmalarida bir qator sport musobaqalari oʻtkazildi.
Oromgohlarda dam olayotgan bolajonlarning vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etilayotgan “Bolalarga quvonch ulashaylik” nomli tadbirning navbatdagisi joriy yilning 12-iyul kuni Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Metallurg” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida bo‘lib o‘tdi.
“O‘zbekiston Shveysariyasi”ga qiyoslanadigan Zomin tog‘lari inson salomatligi, kayfiyatiga ijobiy ta’sir qilib, kishiga unutilmas taassurotlar beradi. Unda tabiatning tiniqligi, tongning beg‘uborligi bor. Bugun Zomin diyori mustaqil mamlakatning baxti kulgan, tuyg‘ulari sof bo'lgan yoshlarga to‘ldi.
“Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashida kasaba uyushma a'zolari va faollariga, sex va bo‘linmalari kasaba uyushma qo‘mitalarining yangi saylangan raislariga, kasaba uyushmasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalari, tashkiliy ishlar, mehnatni muhofaza qilish, ijtimoiy himoya, yoshlar bilan ishlash, gender tenglikni ta'minlash va psixologik muhitni sog‘lomlashtirish, ma'naviyat va ma'rifat, sport va sog‘lomlashtirish hamda uy-joy masalalari bo‘yicha komissiyalariga amaliy yordam ko‘rsatish yaxshi an'anaga aylandi. Buning uchun OKMK kasaba uyushmasi apparati mutaxassislari kombinat tasarrufidagi tarkibiy bo‘linmalarining boshlang‘ich tashkilotlarga tashrif buyurib, faoliyatini o‘rganadilar.
Yozning jazirma issiq kunlarida kombinat ishchi-xodimlarining farzandlari bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida hordiq olishmoqda.
Joriy yilning 23-may kuni “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasining 2023-yilda amalga oshirilgan tadbirlarini sarhisobiga bag‘ishlangan kombinat mehnat jamoasining konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
"O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni” munosabi bilan maxsus ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga ham biriktirilgan kombinat tarkibiy bo‘linimalari tomonidan bayram tadbirlari tashkil etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati shahrimizdagi “Marhamat” tantanalar majmuida kombinat mehnat faxriylari uchun bayram dasturxoni yozildi.
12-may “Xalqaro hamshiralar kuni” munosabati bilan Ijtimoiy ob'yektlar boshqarmasi tasarrufidagi MTT larda mehnat faoliyatini olib borayotgan hamshiralar o‘rtasida “Yil hamshirasi” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.
“Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi apparati mas'ul xodimlari U.Djalilova, K.Maxatov, M.Mavlyanov, U.Alimovlar va Mis boyitish fabrikasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi komissiyalari tomonidan 2024-yil 19-apreldan 6-maygacha bo‘lgan davr mobaynida Ohak zavodi kasaba uyushma qo‘mitasiga amaliy yordam ko‘rsatildi.
Muborak Ramazon hayiti bayrami arafasida o‘zgalar yordamiga muhtojlarga mehr-muruvvat, saxovat ko‘rsatish, ularning holidan xabar olish, yordam qo‘lini cho‘zish kabi xalqimizning ezgu an'analari yanada yorqinroq namoyon bo‘ladi.
Bugungi kunda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 8000 dan oshiq ayollar mehnat qilib keladi. Ular orasida turli iqtidor egalari talaygina. Ana shunday har ishda faol bo‘lgan xodimalarni rag‘batlantirish maqsadida esa har yili an'anaviy tarzda “Kombinat go‘zali” tanlovi o‘tkazib kelinadi.
Joriy yilning 27 fevral kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tashkil topganligining 75 yilligi hamda atoqli shoira Zulfiya tavalludi va 8 mart - “Xalqaro xotin qizlar bayrami” munosabati bilan “Olmaliqmetallurgqurilish” trestida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.